12:07 01 Aprel 2020
Efir
  • RUB121.10
  • EUR10637.67
  • USD9554.22
Migratsiya
Havola olish
474 0 0

Eslatib oʻtamiz, sal oldin Internet tarmogʻida xususiy bandlik agentligi orqali ishga ketgan bir guruh fuqarolarning Litvada qiyin ahvolda mehnat qilayotgani toʻgʻrisida xabar tarqalgan edi

TOSHKENT, 11 yanv - Sputnik. Oʻzbekiston mehnat vazirligi Litvada ogʻir vaziyatga tushib qolgan fuqarolar Oʻzbekistonga olib kelingani haqida xabar berdi.

Eslatib oʻtamiz, sal oldin Internet tarmogʻida xususiy bandlik agentligi orqali ishga ketgan bir guruh fuqarolarning Litvada qiyin ahvolda mehnat qilayotgani toʻgʻrisida tarqalgan maʼlumotlar yuzasidan Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining bayonoti eʼlon qilingan edi.

Bayonotda fuqarolarga moddiy yordam koʻrsatish, qaytish istagidagilarni Oʻzbekistonga olib kelish choralari koʻrilyotgani maʼlum qilingandi.

Bugun 11 yanvar kuni tongda qaytish istagini bildirgan fuqarolarning ikki nafari – Riga shahridan Toshkent xalqaro aeroportiga uchib keldi va ular yashash joyiga kuzatib qoʻyildi, deyiladi xabarda.

Asosiy mavzular