Rossiyada migrantlarning ishga joylashishi soddalashtirilishi mumkin

© Sputnik / Kirill Kallinikov / Mediabankka o‘tishNelegalnie migranti
Nelegalnie migranti - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Rossiya hukumati migrantlarning ishga joylashishini soddalashtirish uchun korxonalarni doimiy tekshiruvlardan ozod qilishni rejalashtirmoqda.

TOShKENT, 14 yanv — Sputnik. Rossiya hukumati 2020-yilning kuzida Davlat dumasi ko‘rib chiqish uchun yangi qonun loyihasini kiritishni rejalashtirmoqda. Unda migrantlarni ishga jalb qiluvchi korxonalarni rejali tekshiruvlardan ozod qilish taklif qilinadi. Bu haqda “Izvestiya” gazetasi xabar qildi.

Inostrannie grajdane v ocheredi na daktiloskopicheskuyu registratsiyu, arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston
Rossiyaning qaysi hududlariga eng ko‘p migrantlar kelishi ma’lum bo‘ldi

Vazirlar mahkamasi ushbu qonunchilik yangiligi mamlakatning iqtisodiy o‘sishiga yordam beradi deb hisoblaydi.

Ta’kidlanishicha, tashabbusni yetakchi tadbirkorlar birlashmalari ham qo‘llab-quvvatlashmoqda. Ular noqonuniy migratsiyani aniqlashning boshqa usulllari borligiga amindirlar.

Shu bilan birga nashr ma’lumotlariga qaraganda, Davlat dumasida hukumatning taklifiga turlicha munosabat bildirilgan. Ba’zi deputatlar qonun loyihasi qabul qilinsa, Rossiya fuqarolari ishlaridan ayrilib qolishlari mumkin degan fikrni bildirishgan.

Yangiliklar lentasi
0