04:29 29 Oktyabr 2020
Efir
  • RUB136.11
  • EUR12285.78
  • USD10359.88
Migratsiya
Havola olish
427 0 0

Sugʻurta uchun bir martalik subsidiya harajatlari Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Xorijda mehnat faoliyatini amalga oshiruvchi fuqarolarni qoʻllab-quvvatlash hamda ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish jamgʻarmasi hisobidan amalga oshirilyapti.

TOSHKENT, 15 yanv — Sputnik. Oʻzbekistonda chet elga ishga ketayotgan fuqarolarga jamgʻarma hisobidan “Hayot, sogʻliq va ishga joylashish uchun patent berilishining rad etilishi tavakkalchiligini” sugʻurtalash boʻyicha subsidiya joriy etildi. Bu haqda Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi Samarqand viloyat filiali direktori maʼlum qildi.

Taʼkidlanishicha, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining “Oʻzagrosugʻurta”AJ bilan tuzgan memorandumiga koʻra, chet elga ishga ketayotgan fuqarolarga  hayot, sogʻliq va  ishga joylashish uchun patent berilishining rad etilishi tavakkalchiligi  yoʻnalishlarini oʻz ichiga olgan sugʻurta polisi berilyapti.

Sugʻurta muddati: Sogʻliq va  ishga joylashish uchun patent berilishining rad etilishi tavakkalchiligi  sugʻurtalari – 1 oy (Oʻzbekiston chegarasidan chiqqan kundan boshlab),  hayot sugʻurtasi, yaʼni fuqaro vafot etganda jasadini vatanga qaytarish – 12 oy.

Trudovыe migrantы vozvraщayutsya domoy
Ministerstvo zanyatosti i trudovыx otnosheniy Uzbekistana

Sugʻurta mukofoti: Birlamchi tibbiy xizmat va ixtisoslashtirilgan shoshilinch tez tibbiy yordam – har biri yoʻnalish uchun 1500 EUR; fuqaroning jasadini repatriatsiya qilish (vatanga qaytarish) – 6000 EUR; baxtsiz hodisa tufayli vafot etganda - 1000 EUR; patent hujjatlarini rasmiylashtirishda rad javobini olganda - 2 000 000 soʻm;

Xabarda Rossiyaga kirish uchun taqiqi boʻlgan fuqarolarga sugʻurta mukofoti mavjud emasliga urgʻu berilgan. Misol: Fuqaro Rossiyaga borish uchun chipta sotib olib, Rossiyaning maʼlum bir shahriga borganda, aeroportda taqiqi chiqsa unga sugʻurta mukofoti berilmaydi. Faqatgina patent hujjatlarini rasmiylashtirishda rad javobini olgan taqdirda sugʻurta mukofoti ajratiladi.

Sugʻurta ximoyasini olish uchun quyidagi telefon raqamlariga qoʻngʻiroq qilish lozim:

1. Tibbiy yordam olish uchun - +7 (800) 222-86-58; 2. Vafot etganda - +99 (871) 200-95-95; 3. Patent hujjatlarni rasmiylashtirishda rad javobini olganda – 8 (800) 550-67-22

Ushbu sugʻurta polisiga ega boʻlish uchun fuqarolar faqatgina shaxsini tasdiqlovchi hujjat bilan Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi huzurida tashkil etilgan “Ixtisoslashtirilgan kassa”larga murojaat qilib labormigartion.uz dasturiy taʼminotidan roʻyxatdan oʻtishi lozim boʻladi.

Asosiy mavzular