07:22 08 Aprel 2020
Efir
  • RUB121.10
  • EUR10637.67
  • USD9554.22
Migratsiya
Havola olish
831 0 0

TIV xorijda boʻlgan Oʻzbekiston fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarning konsullik roʻyxatini yuritish tartibiga doir idoralararo hujjat loyihasini tayyorladi.

TOSHKENT, 20 yanv – Sputnik. Tashqi ishlar vazirligi “Xorijda boʻlgan (boʻlib turgan) Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarning konsullik roʻyxatini yuritish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomani tasdiqlash toʻgʻrisidagi” buyruq loyihasini tayyorlab, umumiy muhokamaga qoʻydi.

Yoʻriqnoma xorijda boʻlgan (boʻlib turgan) Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarning konsullik roʻyxatini yuritish tartibini belgilaydi.

“Xorijda doimiy yashayotgan yoki vaqtincha boʻlib turgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar Oʻzbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatik vakolatxonalari yoki konsullik muassasalarida doimiy yoki vaqtincha konsullik roʻyxatiga olinishi lozim.

Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarni doimiy yoki vaqtincha konsullik roʻyxatiga olish mazkur fuqarolar turgan konsullik okrugi hududiga tegishli boʻlgan konsullik muassasasi tomonidan amalga oshiriladi”, - deyilgan hujjatda.

Loyihada aytilishicha, xorijda doimiy yashovchi yoki vaqtincha turuvchi Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarning konsullik roʻyxatiga (doimiy, vaqtincha) qoʻyish uchun ariza berish tartib-taomili interfaol xizmatlar sayti vositasida masofadan ham amalga oshirilishi mumkin.

“Xorijga xizmat safariga, oʻqish, davolanish, ishlash va oʻz oilasi bilan birlashish uchun chiqib ketgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar vaqtincha konsullik roʻyxatiga rasmiylashtiriladi.

Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi va fuqaroligi boʻlmagan shaxs turgan mamlakatida qonuniy ravishda boʻlsa va u mamlakatga olti oydan ortiq muddatga kelgan boʻlsa vaqtincha konsullik roʻyxatiga olinadi”, - deyilgan buyruq loyihasida.

Hujjat loyihasida xorijda doimiy yashovchi Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarni roʻyxatga olish uchun konsullik muassasasiga taqdim etiladigan hujjatlar sanab oʻtilgan.

Asosiy mavzular