13:56 01 Aprel 2020
Efir
  • RUB121.10
  • EUR10637.67
  • USD9554.22
Migratsiya
Havola olish
62510

Koll-markazi chet el fuqarolarining ijtimoiy moslashuvi va integratsiyasiga koʻmaklashish boʻyicha ijtimoiy loyiha doirasida tashkil etilgan.

TOSHKENT, 21 yanvar - Sputnik. "Rossiya Migrantlari Federatsiyasi" Umumrossiya jamoat tashkiloti mamlakatda yashash va ishlash uchun kelgan muhojirlarga yordam berish uchun Koll-markazini ishga tushirdi.

Barcha muhtojlar telefon orqali malakali mutaxassislar tomonidan huquqiy maslahat olishlari mumkin.

Bundan tashqari, muhojirlar tibbiy yordamni qayerdan olish kerakligi, uyni qanday ijaraga olish, ish joyida shikastlanganda nima qilish kerakligi, hujjatlarni qanday rasmiylashtirish va ular yoʻqolganida nima qilish kerakligi haqidagi barcha savollarini berishlari mumkin.

Ishonch telefoni xodimlari rus, oʻzbek, tojik va qirgʻiz tillarida gaplashadi. Koll-tsentr bilan quyidagi raqamlar orqali bogʻlanish mumkin: +7 (495) 778-3288,  +7 (963) 997-4210,  +7 (926) 130-7500. Ishonch telefonlari ish kunlari 8.00 dan 23.00 gacha va dam olish kunlari 9.00 dan 21.00 gacha ishlaydi.

Asosiy mavzular