10:24 24 Fevral 2020
Efir
  • RUB150.07
  • EUR10319.35
  • USD9528.49
Migratsiya
Havola olish
91510

Koʻpincha Tojikiston, Oʻzbekiston, Qirgʻiziston, Xitoy, Armaniston va Ozarbayjon fuqarolari oʻz oilalari va qarindoshlariga pul joʻnatishadi.

TOSHKENT, 22 yanv – Sputnik. 2009 yildan 2018 yilgacha Markaziy Osiyodan kelgan migrantlar xorijdagi pul joʻnatish tizimlari orqali Rossiyadan 141,4 milliard dollarni (5,64 trln rubl) olib chiqishdi, deya xabar beradi Lenta.ru FinExpertiza’ga asosan.

Koʻpincha, 2018 yilda Tojikiston, Oʻzbekiston, Qirgʻiziston, Xitoy, Armaniston, Ozarbayjon, Qozogʻiston, Turkiya va Ukraina fuqarolari oʻz oilalari va qarindoshlariga pul yuborishgan.

Shu bilan birga, Oʻzbekiston chet elga chiqarilgan mablagʻlar soni boʻyicha mutlaq yetakchi hisoblanadi. Pul joʻnatmalarining 30 foizi mamlakat hissasiga toʻgʻri keladi.

Oʻz navbatida kompaniya mutaxassislari toʻlov tizimlari migrantlar orasida oʻz vatanlariga pul yuborishning eng ommalashgan usuli ekanligini taʼkidlashadi. Shuningdek, ular mamlakatdan pullarni naqd pulda yoki toʻlov topshiriqnomalari yordamida chiqaradilar.

Kompaniya taʼkidlashicha, migrantlarga banklardan foydalanish yoqmaydi va ularda kamdan-kam hollarda hisob raqamlarini ochishadi. Rossiyadan pul yuborish elektron kanallarini ham unchalik hush koʻrishmaydi.

Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekiston Markaziy banki oʻtgan yil 9 oyida xalqaro pul oʻtkazmalari umumiy hajmi 5,2 milliard  dollarni tashkil qilgani haqida maʼlumot bergandi.

Asosiy mavzular