O‘tgan yilda o‘zbekistonliklar asosan qaysi davlatlarga ko‘chib ketgani ma’lum qilindi

© PixabayPassajiri v aeroportu
Passajiri v aeroportu - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
2019 yilda doimiy yashash uchun O‘zbekistondan xorijiy mamlakatlarga ko‘chib ketganlar soni 13,2 ming kishini tashkil qildi. Yashash uchun kelganlar soni esa 2,5 ming kishi.

TOShKENT, 27 yanv – Sputnik. 2019-yilda doimiy yashash uchun O‘zbekistondan xorijiy mamlakatlarga ko‘chib ketganlar soni 13 246  kishini tashkil qildi. Bundan Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlari darak bermoqda.

Eng ko‘p Qozog‘istonga - 57,5% (7615 kishi) va Rossiyaga - 37,7% (4990 kishi) ko‘chib ketish holati qayd etilgan.

Keyingi o‘rinlarda 0,8 % bilan AQSh (112) va 0,7 % bilan Isroilga (99 kishi) qayd etilgan.Qolgan 3,3 % esa boshqa davlatlar hissasiga mos keladi. 

Ta’kidlanishicha, 2019-yilda O‘zbekistonga doimiy yashash uchun xorijiy mamlakatlardan 2527 kishi ko‘chib kelgan. Shulardan 33,2 % (839 kishi) Qozog‘istondan, 23,3 % (588 kishi) Rossiyadan, 21,4 % (541 kishi) Tojikistondan ko‘chib kelgan.Qirg‘izistondan ko‘chib kelganlar soni 21,1 %ni (307 kishi) tashkil etgan. Qolgan 10% (252 kishi) boshqa davlatlar hissasiga to‘g‘ri keladi.

Yangiliklar lentasi
0