07:39 08 Aprel 2020
Efir
  • RUB121.10
  • EUR10637.67
  • USD9554.22
Migratsiya
Havola olish
580 0 0

Rossiya Federatsiya Kengashi raisi Valentina Matviyenko mamlakatda nima uchun xorijiy talabalarni ishga kirish tartibini soddalashtirishga qaror qilinganini tushuntirib berdi.

Davlat akkreditatsiyasidan oʻtgan Rossiya taʼlim muassasalarida kunduzgi boʻlimida tahsil olayotgan chet ellik talabalar Rossiya Federatsiyasida maxsus ruxsatisiz ishlashlari mumkin, Federatsiya Kengashi bu haqda tegishli qonunni maʼqulladi.

Bu tashabbus noyabr oyida Federatsiya Kengashi raisi Valentina Matviyenko va Davlat dumasi spikeri Vyacheslav Volodin boshchiligidagi bir guruh deputatlar tomonidan ilgari surilgan.

"Bu juda muhim qonun. Federal byudjetdan kvota ajratamiz, ammo ular ishlatilmaydi. Biz taklif kiladigan stipendiyaga xamma xam kelavermaydi. Xalqaro amaliyot talabalarga qoʻshimcha ishlash imkoni beradi, ammo bizda bu deyarli ilojisiz edi", - dedi Valentina Matviyenko.

Sputnik Moldova yozishicha, bu masala Livada forumida koʻtarilgan. U yerda, Sharqiy Yevropa mamlakatlaridan kelgan koʻplab delegatsiya vakillari, ularning vatandoshlari Rossiyada oʻqishni xohlayotgani, biroq moddiy qiyinchiliklar tufayli buni amalga oshira olmasligini aytishgandi.

Amaldagi qonunchilikka aosan chet ellik fuqarolar maxsus ruxsatnomasiz faqat taʼlim muassasalarining oʻzida, va ularda yangi tashkil etilgan xoʻjalik birlashmalarda qoʻshimcha ishlashlari mumkin.

Agar Rossiya prezidenti Federatsiya Kengashi tomonidan maʼqullangan qonunni imzolasa, hujjat rasmiy eʼlon qilingan kundan boshlab 180 kundan keyin kuchga kiradi.

Asosiy mavzular