16:19 10 Aprel 2020
Efir
  • RUB121.10
  • EUR10637.67
  • USD9554.22
Migratsiya
Havola olish
951 0 0

Oʻzbekiston fuqarolarining ish tashlashi holati yuzasidan 2020 yil 28 yanvar kuni Bosh konsulxonada kompaniya vakillari bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi.

TOSHKENT, 31 yanv – Sputnik. Ijtimoiy tarmoqlarda Rossiyaning Sankt-Peterburg shahridagi kompaniyalardan birida ishlaydigan migrantlar, jumladan Oʻzbekiston fuqarolarining ish tashlashda ishtirok etganlari toʻgʻrisida maʼlumot tarqalgani munosabati bilan 2020 yil 28 yanvar kuni Bosh konsulxonada ushbu kompaniya vakillari bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi.

Aniqlanishicha, voqea 27 yanvar kuni mehnatga haq toʻlash shartlari notoʻgʻri sharhlangani sababli kelib chiqqan. Qayd etilishicha, 2020 yil 1 yanvarga qadar ishga kirgan chet el fuqarolariga 11 oy ishlaganlaridan soʻng bir oylik ish haqi miqdorida mukofot puli toʻlab beriladi. Ish hajmining kamayishi munosabati bilan mehnat shartnomasini 2020 yil 1 yanvardan keyin imzolagan ishchilarga mazkur tartib tatbiq etilmaydi.

28 yanvar kuni kompaniya vakillari brigada va boʻlinmalar rahbarlari bilan uchrashib vaziyatni tushuntirishgan. Nizo bartaraf etilgan hamda barcha ishchilar oʻz vazifalariga qaytgan.

Asosiy mavzular