18:26 10 Aprel 2020
Efir
  • RUB121.10
  • EUR10637.67
  • USD9554.22
Migratsiya
Havola olish
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (632)
69710

Rossiya IIV xavfli virus bilan kasallangan migrantlarni mamlakatdan deportatsiya qilish masalalarni tartibga soluvchi qonun loyihasini tayyorladi.

TOSHKENT, 4 fev – Sputnik. Rossiya IIV xavfli virus bilan kasallangan migrantlarni mamlakatdan deportatsiya qilish masalalarini tartibga soluvchi qonun loyihasini tayyorladi. "Izvestiya" gazetasi hukumat matbuot xizmatiga asosan xabar qildi.

Yangi tartib mualliflari koronavirus, sil, oʻlat va boshqa xavfli kasalliklarga chalingan migrantlarni mamlakatdan chiqarib yuborishni taklif qilmoqda.

Hozir Rossiyada bunday qonun yoʻq, bu esa hukumat aholining gigiyena xavfsizligiga salbiy taʼsir qilmoqda deb hisoblamoqda.

“Yedinaya Rossiya” fraktsiya rahbari muovini Andrey Isayevning fikriga koʻra, davlat turli infektsiyalardan oʻz fuqarolarini himoya qilish yuzasidan zarur choralarni koʻrishi zarur.

Taʼkidlanishicha, odamlar uchun xavf tugʻdiradigan kasalliklar roʻyxatiga 16 ta virus kiritilgan.

Ichki ishlar vazirligi va boshqa federal ijro organlari infektsiya sababli chet elliklarni deportatsiya qilish masalalari, transport turlarini belgilaydi.

Sogʻliqni saqlash vazirligi, Federal xavfsizlik xizmati va sanitariya-epidemiologiya nazorati organlariga deportatsiya qanday amalga oshirilishini nazorat qilish vazifasi yuklatiladi. Shuningdek, bemor migrantlarga davolash xizmatlari koʻrsatiladi.

Mavzu:
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (632)

Asosiy mavzular