21:15 06 Avgust 2020
Efir
  • RUB137.46
  • EUR12021.09
  • USD10209.86
Migratsiya
Havola olish
691 0 0

Respublikada vaqtincha mehnat migratsiyasidagi fuqarolarning huquqlarini tartibga soluvchi qonun mavjud emas.

TOSHKENT, 11 fev - Sputnik. Oʻzbekistonda 2020 yil kuziga qadar chet eldagi mehnat muhojirlari va ularning oilalari huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisidagi qonun loyihasini ishlab chiqish rejalashtirilmoqda. Ushbu chora jamoatchilik muhokamasi uchun eʼlon qilingan 2020 yilga moʻljallangan Davlat dasturi loyihasida koʻzda tutilgan.

“Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi boʻlgan mehnat migrantlari va ularning oila aʼzolari huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida”gi qonun loyihasini ishlab chiqish” - deyiladi hujjatda.

Qonun loyihasi 1 sentyabrgacha ishlab chiqilishi kerak. Hozirda respublikada vaqtincha mehnat migratsiyasidagi fuqarolarning huquqlarini tartibga soluvchi qonun mavjud emas.

Qonunda mehnat migrantlari va ularning oila aʼzolarining huquqiy maqomi va kafolatlari, shuningdek, ushbu toifadagi Oʻzbekiston fuqarolarini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash tizimi belgilab qoʻyilgan boʻlishi kerak.

Rasmiy maʼlumotlarga koʻra, hozirgi vaqtda 2,5 million kishi (iqtisodiy faol aholining 20 foizi), qariyb 34 million aholisi boʻlgan mamlakatdan tashqarida ishlaydi, ulardan ikki millionga yaqini Rossiyada.

Asosiy mavzular