12:57 15 Avgust 2020
Efir
  • RUB138.65
  • EUR12059.09
  • USD10231.71
Migratsiya
Havola olish
587 0 0

Tartibga muvofiq, uy-joylar imtiyozli ipoteka krediti asosida har yili tuman (shahar)lardan belgilangan tartibda ajratiladi

TOSHKENT, 13 fev - Sputnik. Uy-joy sharoitlarini yaxshilashga ehtiyojmand mehnat migrantlariga koʻp kvartirali uylardan xonadonlar ajratish tartibi belgilandi, deb xabar qildi Sputnik Oʻzbekiston muxbiriga Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi Samarqand viloyati filiali direktori Abduaziz Xafizov.

Tartibga muvofiq, uy-joylar imtiyozli ipoteka krediti asosida har yili tuman (shahar)lardan belgilangan tartibda ajratiladi.

Uy-joy ajratish quyidagi bosqichlarda amalga oshiriladi:

1. ariza beruvchi talabgor sifatida "labor_migration" dasturiy majmuasidan roʻyxatdan oʻtishi kerak.

Ushbu dasturdan roʻyxatdan oʻtish uchun ariza beruvchi Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi yoki uning hududiy filiallariga murojaat qilishlari lozim boʻladi. Arizani uy-joy sharoitlarini yaxshilashga ehtiyojmand mehnat migranti yoki uning nomidan oila aʼzosi (otasi, onasi, farzandi, aka-ukasi, opa-singlisi) beradi.

2. Shaffoflikni taʼminlash maqsadida dasturdan roʻyxatdan oʻtgan fuqarolar www.labormigration.uz rasmiy veb-saytda doimiy eʼlon qilib boriladi.

Ariza beruvchi yozma tavsiyani olish uchun talabgorlarni tanlash boʻyicha komissiya raisiga doimiy yashash joyi boʻyicha hujjatlarni va soʻrovnoma-arizani taqdim etadi.

Komissiya hujjatlarni 15 ish kuni ichida koʻrib chiqadi.

Komissiya arizani koʻrib chiqishda uy-joy sharoitini yaxshilashga ehtiyojmand mehnat migrantlarini qator ijtimoiy mezonlar asosida (talabgor nomida uy-joy yoʻqligi, ijarada turishi, boshqa oila bilan bir uyda yashashi, koʻp bolalilik va b.) aniqlaydi.

3. Arizani koʻrib chiqish va uy-joy sharoitini oʻrganish natijasida komissiya yozma tavsiya berish yoki yozma tavsiya berishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi.

Yozma tavsiya berilgan talabgorlar dastlabki shartnomalarni tuzish uchun injiniring kompaniyasi filialiga murojaat qiladi.

2020 yil dasturlari doirasida uy-joy sharoitlarini yaxshilashga ehtiyojmand mehnat migrantlari uchun ipoteka kreditlarini ajratish boʻyicha: imtiyozli davr – 1 yil; - kreditdan foydalanishning birinchi 5 yili davomida har yili foiz stavkasini qatʼiy belgilangan 7 foizdan qayta moliyalashtirish stavkasi darajasigacha bir meʼyorda oshib boradigan stavkada va keyingi davrda qayta moliyalashtirish stavkasida belgilanadi.

Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekiston prezidentining 2019 yil 20 avgustdagi Farmonida uy-joy sharoitlarini yaxshilashga ehtiyojmand mehnat migrantlariga 2020 yilda uy-joylar qurilishi boʻyicha davlat dasturlarining ijrosi doirasida koʻp kvartirali uylardan 3 462 ta xonadon ajratilishi belgilangan.

Asosiy mavzular