07:05 08 Aprel 2020
Efir
  • RUB121.10
  • EUR10637.67
  • USD9554.22
Migratsiya
Havola olish
74410

Oʻzbekiston Polshaga uni mehnat bozorida ishtirok etishda yengillashtirilgan imkoniyatlar berilgan davlatlar roʻyxatiga kiritish taklifini berdi.

TOSHKENT, 16 fev — Sputnik. Oʻzbekiston Polshaga mehnat bozorida ishtirok etishda yengillashtirilgan imkoniyatlar berilgan davlatlar roʻyxatiga kiritish taklifi bilan chiqdi.

Taklif Oʻzbekiston Bandlik va mehnat munosabatlari vazirining Polsha Oila, mehnat va ijtimoiy siyosat vaziri M.Malag bilan uchrashuvida bildirildi.

Mehnat vazirligi xabarida qayd etilishicha, uchrashuvda Oʻzbekiston tomoni Oʻzbekistonning ishchi kuchi salohiyati, respublikaning demografik tendentsiyasi, mehnat bozorining hozirgi holati, ishchi kasblar boʻyicha malakali mutaxassislar tayyorlash boʻyicha mavjud imkoniyatlar toʻgʻrisida batafsil taqdimot oʻtkazdi.

“Shuningdek, Nozim Husanov Oʻzbekiston fuqarolarini Polsha Respublikasiga noqonuniy mehnat migratsiyasini oldini olish uchun Oʻzbekistonni Polsha mehnat bozorida ishtirok etishda yengillashtirilgan imkoniyatlar berilgan davlatlar roʻyxatiga kiritish orqali, tashkillashtirilgan mehnat migratsiyasi tizimini joriy etish maqsadida Hukumatlararo bitim imzolash taklifini berdi”, - deyilgan xabarda.

Oʻz navbatida, M.Malag Polsha Hukumati xorijiy mamlakatlar, xususan, Oʻzbekistondan malakali ishchilarni jalb qilishga qiziqish bilan qarayotganini alohida taʼkidlagan.

Bildirilishicha, bugungi kunda Polsha parlamenti tomonidan migratsiya siyosatini tartibga soluvchi qonun hujjati loyihasi muhokama qilinmoqda.

Uchrashuvda Oʻzbekiston tomonidan berilgan takliflar tashkillashtirilgan mehnat migratsiyasi tizimini joriy etishda asos boʻlib xizmat qilishi koʻrsatib oʻtildi.

Asosiy mavzular