Ekspert OIVga chalingan migrantlar haqida fikr bildirdi

© Sputnik / Aleksey NikolskiyVadim Pokrovskiy
Vadim Pokrovskiy - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ta’kidlanishicha, boshqa davlatlar hududida istiqomat qiluvchi migrantlarni dori-darmon bilan ta’minlaydigan maxsus davlatlararo jamg‘arma yaratishni taklifi bor.

Rospotrebnadzor markaziy epidemiologiya ilmiy-tadqiqot instituti OITSga qarshi kurashish va profilaktika markazi rahbari Vadim Pokrovskiy odamning immunitet tanqisligi virusi keltirib chiqaradigan kasallik (OIV nfeksiyasi) yuqtirgan migrantlar Rossiya uchun xavf tug‘dirmaydi deb hisoblaydi.

Krasnaya lenta - simvol borbi s SPIDom - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda OIV infeksiyasi bilan qancha kishi yashaydi

“Agar ular mamlakat hududida o‘zlarini to‘g‘ri tutsalar, unda Rossiya fuqarolari orasida mehmonlar qandaydir tarzda ajralib turmasliklari kerak”, - dedi mutaxassis Sputnik efirida.

Uning fikriga ko‘ra, ularni qanday qilib to‘g‘ri davolash kerakligi haqida o‘ylash muhimroq, chunki antiretrovirus terapiyasi juda qimmat.

“Migrantlar oz pul topishadi va o‘z pullariga dori sotib olisholmaydi”, - dedi Pokrovskiy.

Uning so‘zlariga ko‘ra, boshqa davlatlar hududida bo‘lgan migrantlarni dori-darmon bilan ta’minlaydigan maxsus davlatlararo jamg‘arma tashkil etish taklifi bor.

Avvalroi Rossiya Davlat dumasida Rossiyada OIV infeksiyasini yuqtirganlar muammosiga bag‘ishlangan davra suhbati bo‘lib o‘tgan edi. Unda mamlakatda OIV infeksiyasini yuqtirgan migrantlarning mamlakatga kelish cheklovlarini olib tashlash taklif qilindi.

Pokrovskiy o migrantax s VICh: ne yavlyayutsya silnoy epidemiologicheskoy ugrozoy
Yangiliklar lentasi
0