04:46 13 Avgust 2020
Efir
  • RUB138.65
  • EUR12059.09
  • USD10231.71
Migratsiya
Havola olish
163420

Rossiya prezidenti Vladimir Putin 2021 yil martga qadar migratsiyaning yangilangan loyihasini taqdim etishni topshirdi. Rossiyada RVPni bekor qilish taklif qilinmoqda.

TOSHKENT, 8 mar - Sputnik. Rossiya prezidenti Vladimir Putin bir yil ichida mamlakatning yangi migratsiya kontseptsiyasini ishlab chiqarishni topshirdi. Davlat rahbarining tegishli farmoyishi Kreml saytiga joylashtirilgan.

Yangi hujjat Rossiyaning 2019-2025 yillarda amalga oshirilayotgan davlat migratsiya siyosati koptseptsiyaning bir qismi boʻladi.

Taʼkidlanishicha, hozirgi Rossiya migratsiya qoidalari yetarlicha bir shaklga keltirilmagan va koʻp bandlari tushunarsizdir. Qolaversa, ushbu sohada raqamli texnologiyalar kam joriy etilgan.

Quyidagi asosiy islohatlarni amalga oshirish taklif qilinmoqda:

  • Rossiyada yashash guvohnomasini (VNJ) asosiy maqom deb belgilash. Guvohnomadan soʻng chet ellik fuqarolikka daʼvogar boʻlishi mumkin;
  • vaqtincha yashash uchun guvohnomasini (RVP) bekor qilish;
  • fuqarolikka qabul qilishning uch turi tartibini belgilash: umumiy, soddalashtirilgan va maxsus;
  • maxsus tartib boʻyicha qabul qilishda  prezident maxsus komissiya xulosalari asosida qaror qabul qiladi;
  • Rossiyaga viza olmasdan kirishi mumkin boʻlgan chet elliklar uchun uzoq muddat boʻlib turishning (bil yilda 90 kundan ortiq) yagona migratsiya rejimi belgilash;
  • Rossiyada uzoq muddat boʻlib turish huquqini qoʻlga kiritmoqchi boʻlgan chet el fuqarolari uchun davlat axborot tizimida akkauntga ega boʻlishi shart etib belgilash. Unda biometrik maʼlumotlari, xavfli infektsiya kasallikligi yoʻqligini taqdim etishi talab qilinadi. Shuningdek, elektron axborotga ega yagona hujjatni olishlari kerak;
  • chet el fuqarolarini ishga yollamoqchi boʻlgan ish beruvchilar bu haqdagi maʼlumotni davlat axborot tizimiga joylashtirishlarini shart etib belgilash. Ishchilarni bandlik organlari saralab oladi;
  • Rossiya uchun jiddiy xavf tugʻdirmaydigan migratsiya qonunchiligini buzgan fuqarolarga javobgarlikka tortilmasdan uni qonuniy rasmiylashtirish imkonini beradigan nizom ishlab chiqish.

Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekistonda senatorlar yangi tahrirdagi "Oʻzbekiston Respublikasining fuqaroligi toʻgʻrisida”gini maʼqulladilar. Mazkur qonun loyihasida 1995 yil 1 yanvarga qadar Oʻzbekiston hududiga kirib kelgan va doimiy propiskaga oʻtgan, xorijiy davlat fuqaroligini qabul qilmagan hamda ushbu qonun kuchga kirgan kunga qadar Oʻzbekistonda yashash guvohnomasi asosida istiqomat qilgan shaxs, istak bildirgan taqdirda Oʻzbekiston fuqarosi deb tan olinishi nazarda tutilgan. Qonun loyihasiga “vatandosh” tushunchasi kiritilib, fuqaroligi boʻlmagan vatandoshlarga nisbatan fuqarolikka qabul qilishning soddalashtirilgan tartibi belgilanmoqda.

Asosiy mavzular