04:30 13 Avgust 2020
Efir
  • RUB138.65
  • EUR12059.09
  • USD10231.71
Migratsiya
Havola olish
240 0 0

Yangi qonun loyihasi bilan xususiy bandlik agentliklarining xorijdan ish qidirayotgan shaxslarni ishga joylash uchun bepul xizmat koʻrsatishlari taklif qilinmoqda.

TOSHKENT, 10 mar — Sputnik. “Xususiy bandlik agentliklari toʻgʻrisida”gi qonuniga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisi”gi qonun loyihasi muhokamaga qoʻyildi. Qonun loyihasi Mehnat vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan.

Unda xususiy bandlik agentliklarining xorijdan ish qidirayotgan shaxslarni ishga joylash uchun toʻlanadigan toʻlovlarni ish beruvchi yoki buyurtmachi hisobidan undirib olishlari  taklif qilinmoqda.

Yaʼni xorijdan ish qidirayotgan shaxslardan agentlik tomonidan koʻrsatiladigan xizmat evaziga toʻlov undirilishi taqiqlanadi.

Koʻrsatilayotgan xizmat shaffofligini taʼminlash maqsadida xorijdan ish qidirayotgan shaxslarni ishga joylashtirish boʻyicha avval ularga yozma maʼlumot beriladi.

Ushbu maʼlumotda koʻrsatilayotgan xizmatlarning bepulligi, xususiy bandlik agentligi oʻz majburiyatlarini bajarmagan holatda murojaat qilish uchun oʻzi va Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining bogʻlanish mumkin boʻlgan maʼlumotlarini koʻrsatishi lozim.

Bundan tashqari agentliklar Oʻzbekiston Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi talabiga binoan oʻz faoliyati haqidagi toʻliq hisobotlarni taqdim etib boradi.

Vazirlik vakillari xususiy bandlik agentliklari binosiga hech qanday moneliksiz kirish, hujjatlar bilan tanishib, ulardan koʻchirma nusxalar olish va masʼul xodimlar faoliyatiga doir masalalar boʻyicha ogʻzaki yoki yozma tushuntirishlar olish huquqiga ega boʻladi.

Asosiy mavzular