Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi RFga ishga taklif qilmoqda

© Sputnik / Vitaliy Ankov / Mediabankka o‘tishRabota sotsialnogo rinka "Blijniy" vo Vladivostoke
Rabota sotsialnogo rinka Blijniy vo Vladivostoke - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Yo‘l, migratsion ro‘yxatga olish, patent xarajatlari keyinchalik ish haqidan 11 oy davomida bo‘lib to‘lash sharti bilan ish beruvchi tomonidan qoplab beriladi.

TOShKENT, 11 mar - Sputnik. Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi O‘zbekiston fuqarolariga Rossiyada ish taklif qilmoqda.

"Rossiyaning Vladivostok shahrida ish beruvchining taklifiga binoan go‘sht va kolbasa ishlab chiqarish sexiga O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari ishga taklif etiladi", - deyiladi xabarda.

Vidacha pervix patentov v Yedinom migratsionnom sentre Moskovskoy oblasti - Sputnik O‘zbekiston
Moskvada patent narxi oshdi

Sexga yuklovchilar va ishlab chiqarish xonalarini tozalovchilar taklif etilmoqda.

Talabgorlarga qo‘yiladigan talablar: 

- Yuklovchi 25 yoshdan 40 yoshgacha bo‘lgan erkak, o‘rta ma’lumotga ega, jismonan sog‘lom bo‘lishi;
- Ishlab chiqarish xonalarini tozalovchisi 25 yoshdan 40 yoshgacha bo‘lgan ayol, o‘rta ma’lumotga ega, jismonan sog‘lom bo‘lishi.

Ish haqi sinov muddati (1 oy) davomida 23 000 rubl, keyingi oydan 30 000 rubldan boshlanadi.

Ish jadvali smenada tashkil etilgan.

Yotoqxona birinchi oy uchun bepul, ikkinchi oydan 3000 rubl to‘lanadi.
Yo‘l, migratsion ro‘yxatga olish, patent xarajatlari keyinchalik ish haqidan 11 oy davomida bo‘lib to‘lash sharti bilan ish beruvchi tomonidan qoplab beriladi.

Nomzodlar Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining hududiy filiallariga murojaat qilishi mumkin.

Yangiliklar lentasi
0