Moskvada nolegal-migrantlarni raqamli izlar orqali aniqlashmoqda

© Sputnik / Aleksandr Utkin / Mediabankka o‘tishReyd FMS po viavleniyu nelegalnix immigrantov
Reyd FMS po viavleniyu nelegalnix immigrantov - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Rosfinmonitoring chet el fuqarolari to‘planadigan hududlarni aniqlaydigan yangi usulni ishlab chiqdi va amalda sinab ko‘rdi

TOShKENT, 12 mar — Sputnik. Moskva prokuraturasi o‘tgan yil ilk marotaba nolegal migrantlarni raqamli izlar bo‘yicha aniqlaydigan imkoniyatni qo‘llab ko‘rdi, deb xabar qilmoqda Sputnik Tojikiston shahar prokurori Denis Popovga tayangan holda.

Pasport RF - Sputnik O‘zbekiston
Rossiyada migratsiya sohasini katta islohot kutmoqda – asosiy takliflar

Popovning aytishicha, chet el fuqarolari yig‘iladigan joylarni aniqlashning yangi usuli Moliyaviy monitoring bo‘yicha federal xizmat tomonidan ishlab chiqilgan.

Ta’kidlanishicha, mehnat muhojirlari uchun ishlab topilgan mablag‘larni vatanga yuborish muhim omillardan biri hisoblanadi, federal xizmat esa chet elga tezkor pul jo‘natmalari tizimi haqidagi ma’lumotlarni tahlil qilib chiqqan. So‘ngra mutaxassislar pul jo‘natmalari o‘tkaziladigan ofislar lokatsiyasi haqida axborotlarni to‘plab, ularni shahar xaritasiga joylashtirib chiqishgan, bunda ofislar hududdagi qurilish va sanoat obyektlari yaqinida joylashgani aniqlashgan.

Ma’lumotga ko‘ra, Tojikiston, O‘zbekiston va Qirg‘izistonga eng ko‘p pul jo‘natmalari Moskva janubi-sharqida - Pechatniki va Lyublinoda amalga oshirilgan.

Rabota sotsialnogo rinka Blijniy vo Vladivostoke - Sputnik O‘zbekiston
Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi RFga ishga taklif qilmoqda

Shunda politsiya o‘sha hududlarga tekshiruv bilan borgan va tashlandiq bir sanoat bazasi hududida migrantlar mini-shaharchasi borligini aniqlagan.

Tashlandiq hududda kafe va oziq-ovqat do‘koni bo‘lgan, migrantlar u yerda oilaviy istiqomat qilishgan. Uddaburro ish beruvchi esa obyektda avtomobillarni ta’mirlaydigan va chiqindilarni sortirovka qiladigan sexdan iborat biznesni yo‘lga qo‘ygan bo‘lgan.

Tekshiruvlar natijasida 40 nafar chet ellik qo‘lga olingan, ularning 17 nafari ma’muriy javobgarlikka tortilgan. Nolegal biznes tashkilotchisi ham hibsga olingan.

Kelajakda xuddi shunday usulda nolegal migrantlarni ishga jalb qilayotgan noinsof tadbirkorlarni aniqlash yo‘lga qo‘yiladi.

Yangiliklar lentasi
0