05:06 13 Avgust 2020
Efir
  • RUB138.65
  • EUR12059.09
  • USD10231.71
Migratsiya
Havola olish
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (1084)
554 0 0

Rossiyadan oʻz vataniga qaytayotgan Tojikiston fuqarolari Qozogʻiston va Oʻzbekistondagi neytral hududni kesib oʻtayotganlarida muammoga duch kelishdi

TOSHKENT, 16 mar — Sputnik. Yuzlab Tojikiston fuqarolari koronavirus atrofidagi vaziyat tufayli chegaralarni vaqtincha yopgan Oʻzbekiston va Qozogʻiston hududidagi neytral zonada qolib ketdi, deb xabar qilmoqda Sputnik Tojikiston.

Bu haqda Tojikiston TIV axborot departamentidan olingan maʼlumot asosida RIA Novosti xabar bergan.

Taʼkidlanishicha, tojikistonlik fuqarolar, shu jumladan ayollar va bolalar ham Rossiyadan vataniga qaytayotgan boʻlgan.

"Koronavirus epidemiyasi tufayli Qozogʻiston va Tojikistonda bu davlatlarga borish cheklovlari qoʻyilgan edi. Shu bois, Rossiyadan qaytayotgan baʼzi fuqarolarimizda shu maʼnoda muammolar vujudga keldi, ular oraliqdagi neytral hududda qolib ketdilar", - dedi agentlikka suhbatdosh.

Taʼkidlanishicha, ayni vaqtda Tojikiston TIV Oʻzbekiston va Qozogʻistondagi tegishli idoralar bilan ushbu muammoni bartaraf etish ustida ish olib bormoqda.

Neytral hududda qolib ketgan fuqarolarning aniq soni maʼlum emas.

Eslatib oʻtamiz, 11 mart kuni BSST koronavirus epidemiyasini pandemiya deb eʼlon qilgan edi. Markaziy Osiyo respublikalarida koronavirus infektsiyasi faqat Oʻzbekiston va Qozogʻistonda aniqlandi.

Mavzu:
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (1084)

Asosiy mavzular