Karimov: migrantlar Rossiyada hozir eng himoyasiz qatlamdir

© Sputnik / Ruben GarsiyaPredsedatel Profsoyuza trudashixsya migrantov Renat Karimov
Predsedatel Profsoyuza trudashixsya migrantov Renat Karimov - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ishchi-migrantlar Kasaba uyushmasi rahbari Renat Karimov pandemiya sharoitida Rossiyadagi migrantlarning adaptatsiyasi uchun qanday chora ko‘rilishi lozimligi haqida gapirdi

Yaqinda Rossiya hukumati migrantlarga mamlakatdan chiqmagan holda patent muddatini uzaytirish bo‘yicha qaror qabul qilgan edi.

Endilikda patent muddati oxirlab qolgan mehnat muhojirlariga yangi hujjatni olish uchun chetga chiqish shart emas.

Poluchit patent v Mnogofunksionalnom Migratsionnom Sentre Moskvi v Saxarovo (russkiy yazik)  - Sputnik O‘zbekiston
Migrantlar Rossiyadan tashqariga chiqmasdan yangi patent olishi mumkin – TIV bayonoti

Ammo, Karimovning aytishicha, migrantlar avvalgidek Rossiyada eng himoyasiz qatlam bo‘lib qolmoqda. Ayniqsa, koronavirus tarqalishining oldini olish uchun hukumat tomonidan qabul qilingan karantin choralaridan keyin.

"Moskvada 1,8 million migrantlar bor - bu Rossiya poytaxtining iqtisodiy faol aholisining 15 %idir. Ular mamlakat iqtisodiga ulkan hissa qo‘shmoqda va shu bilan birga hozirda eng himoyaga muhtoj qatlam hisoblanadi, chunki aksariyati ishsiz qolgan", - dedi Karimov Sputnik Tojikistonga bergan intervyusida.

Ekspert ta’kidiga ko‘ra, o‘tgan yil migrantlar patent to‘lovi orqali Moskva budjetiga 18 milliard rubl daromad keltirgan, shunday ekan, ular davlatdan unchalik katta bo‘lmasa ham, ammo ko‘mak kutishga haqli.

"Biz Moskva meri Sergey Sobaninga patent uchun NDFL to‘lovlarini bekor qilish bo‘yicha iltimosnoma kiritdik", - deb qo‘shimcha qilgan ishchi-migrantlar Kasaba uyushmasi rahbari.

Karimovning so‘zlariga ko‘ra, migrantlar yaqin orada hech qanday daromad olmaydilar, demakki ushbu to‘lovni bekor qilish mantiqan to‘g‘ri bo‘lar edi.

Yangiliklar lentasi
0