17:02 26 Noyabr 2020
Efir
  • RUB136.69
  • EUR12344.73
  • USD10414.86
Migratsiya
Havola olish
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (1283)
100620

“Adolatli Rossiya” partiyasi yetakchisi Sergey Mironov migrantlar har doim ham oʻzini yakkalash hayot tarziga amal qilmaydi, koʻpchilik boʻlib turishadi, bir-birlari va atrofdagilariga kasallikni yuqtirishlari mumkin deb hisoblaydi.

TOSHKENT, 13 apr — Sputnik. “Adolatli Rossiya” partiyasi yetakchisi Sergey Mironov koronavirusning asosiy xavf guruhiga mehnat migrantlari tushib qolgan deb hisoblaydi. Shuning uchun SSV va IIV koronavirusni migrantlar orasida aniqlashni taʼminlashi zarur.

“Mehnat migrantlari bugungi kunda juda katta va yomon nazorat qilinadigan koronavirusning xavf guruhini tashkil etadi. Ularning koʻpchiligi ishidan ajraldi, biroq chegaralar yopiqligi tufayli mamlakatni tark eta olishmaydi, ularni chiqarib yuborishning iloji yoʻq”, - deya Mironov soʻzlaridan iqtibos keltirgan partiya matbuot xizmati.

Deputatning taʼkidlashicha, oʻz holiga qolgan migrantlar keyinchalik nafaqat tibbiy, balki kriminogen xatarlarni tugʻdirishlari mumkin.

Mironovning soʻzlariga koʻra, hozir koʻpchilik migrantlar yetkazib berish, taksi, savdo-sotiq, ishlab chiqarish va qishloq xoʻjaligi korxonalarida ishlashni davom ettirmoqda.

Uning fikriga koʻra, aynan shu xavf tugʻdiradi.

U migrantlar har doim ham oʻzini yakkalash hayot tarziga amal qilmaydi, koʻpchilik boʻlib turishadi, bir-birlari va atrofdagilariga kasallikni yuqtirishlari mumkin deb hisoblaydi.

Bundan tashqari, uning fikriga koʻra, ish beruvchilar migrantlar sogʻligʻini jiddiy nazorat qilmaydi. Shu bois migrantlarni nazorat qilish tizimini yaratish lozim.

Mironov pandemiyaga qadar ham migrantlar majburiy tibbiy sugʻurta tizimi bilan taʼminlanmaganiga eʼtibor bergan.

“Muammoga ham federal, ham mintaqa hukumatlari alohida eʼtibor qaratishlari zarur. SSV va IIV boʻlinmalari tomonidan migrantlar orasida kasallanganlarni nazorat qilish, aniqlash va izolyatsiya qilish choralari lozim”, - deya qayd etgan deputat.

U yaqin kunlarda tegishli vazirlikka migrantlar ustidan nazorat taklifini koʻrib chiqishni soʻrab, iltimosnoma yuborishini qoʻshimcha qilgan.

Mavzu:
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (1283)

Asosiy mavzular