11:21 01 Iyun 2020
Efir
  • RUB121.10
  • EUR10637.67
  • USD9554.22
Migratsiya
Havola olish
43730

Oʻzbekiston elchixonasi koʻmagida Rossiyada “Saxovat” koʻmak markazi tashkil etildi. Ayollarga, koʻp bolali oilalarga, qariyalar va nogironlarga birinchi navbatda yordam koʻrsatiladi.

TOSHKENT, 16 apr — Sputnik. Oʻzbekiston elchixonasi koʻmagida  Rossiyada “Saxovat” koʻmak markazi tashkil etildi. "Pravda Vostoka" xabariga asosan.

“Markaz Rossiyada COVID-19 pandemiyasi tufayli qiyin vaziyatga tushib qolgan oʻzbekistonliklar va ularning oilalariga manzilli yordam tizimi yoʻlga qoʻyiladi”, - deyilgan xabarda.  

Arizalar 16 apreldan boshlab http://saxovat.rf/  va Facebook’dagi sahifa orqali qabul qilinadi.

Birinchi navbatda ayollarga, koʻp bolali oilalarga, qariyalar va nogironlarga yordam koʻrsatiladi.

Shuningdek, volontyorlar tomonidan  Moskva va Moskva viloyatida ehtiyojmandlarga oziq-ovqat va dori-darmonlar yetkazib berish rejalashtirilgan.

Eslatib oʻtamiz, bundan oldinroq Rossiyaning Oʻzbekistondagi elchixonasi matbuot xizmati Sputnik Oʻzbekiston tahririyatiga 14 aprel kuni 158 fuqaroga diplomatik vakolatxona tomonidan yordami koʻrsatilganligini maʼlum qilgan edi. Diplomatlarning oʻz mablagʻlari hisobidan sotib olingan dori-darmon va shaxsiy gigiyena vositalari taqdim etildi.

Asosiy mavzular