10:25 01 Iyun 2020
Efir
  • RUB121.10
  • EUR10637.67
  • USD9554.22
Migratsiya
Havola olish
46120

Rossiya Federatsiyasi Federatsiya Kengashi migrantlarga mamlakat hududidan tashqariga chiqmasdan mehnat patentini qayta rasmiylashtirishni ruxsat beruvchi qonunni maʼqulladi.

TOSHKENT, 18 apr — Sputnik. Rossiya Federatsiyasi Federatsiya Kengashi migrantlarga mamlakat hududidan tashqariga chiqmasdan mehnat patentini qayta rasmiylashtirishni ruxsat beruvchi qonunni maʼqulladi. Bu haqda RIA Novosti xabar qildi.

Qonun xorijiy fuqarolarga Rossiyada boʻlish va ishlash huquqlarini saqlab qolishga, ish beruvchilar esa uzoq muddatda vizasiz mamlakatdan chet el ishchilarini jalb qilishga imkon beradi.

Taʼkidlanishicha, migrantlar patentni uzaytirish uchun zarur arizalarni topshirish muddatini buzganlik uchun maʼmuriy javobgarlikka tortilmaydi.

Chet el fuqarolariga Rossiyada vaqtincha boʻlish muddatini uzaytirishga ham ruxsat beriladi. Buning uchun ular IIVning eng yaqin hududiy boʻlimiga murojaat qilishlari kerak.

Yangi qonun Rossiya Federatsiyasida davlat xavfsizligini taʼminlash, aholi sogʻligʻini saqlash va koronavirus tarqalmaslik boʻyicha hukumat chora-tadbirlari munosabati bilan ishlab chiqilgan.

Asosiy mavzular