09:35 01 Iyun 2020
Efir
  • RUB121.10
  • EUR10637.67
  • USD9554.22
Migratsiya
Havola olish
44630

Imzolangan bitim mehnat migrantlarining huquqini himoya qiladi. Xususan, ular kafolatlangan bepul tibbiy yordamni olishlari mumkin.

TOSHKENT, 19 apr — Sputnik. Qozogʻiston prezidenti Kasim-Jomart Tokayev Oʻzbekiston bilan mehnat faoliyati va mehnat migrantlari huquqlari toʻgʻrisidagi bitimni tasdiqlovchi qonunga imzo chekdi. Bu haqda mamlakat prezidenti matbuot xizmati xabar qildi.

Hujjat bilan migratsiya oqimini tartibga solish va har ikki respublika hududida noqonuniy mehnat faoliyatining oldini olish belgilangan.

Ushbu bitim nimani nazarda tutadi?

Imzolangan bitim mehnat migrantlarining huquqini himoya qiladi. Xususan, ular kafolatlangan bepul tibbiy yordamni olishlari mumkin.

Shuningdek, mehnat migrantlari ularning mehnat majburiyatlarini bajarish bilan bogʻliq boʻlgan holda jarohat olsa, kasallansa zararni qoplashni soʻrab murojaat qilishga huquqnini beradi.

Hujjat bilan taʼlimga oid hujjatni tan olish jarayoni belgilanadi, agar mehnat migranti vatanida olgan diplom bilan pedagogika, tibbiyot yoki farmatsevtika sohasida faoliyat yuritmoqchi boʻlsa.

Bitim pensiya va ijtimoiy taʼminotni ham nazarda tutadi.

Asosiy mavzular