09:50 01 Iyun 2020
Efir
  • RUB121.10
  • EUR10637.67
  • USD9554.22
Migratsiya
Havola olish
696 0 0

Rossiya FMS rahbarining sobiq oʻrinbosari Vyacheslav Postavnin Rossiyada qolib ketgan migrantlarning roʻyxatdan oʻtish va patent muddatlari uzaytirilgani yuzasidan fikr bildirdi

Rossiya FMS rahbarining sobiq oʻrinbosari Vyacheslav Postavnin qabul qilingan migrantlarni roʻyxatdan oʻtish va patentlarini uzaytirish zaruriyatidan ozod qilish toʻgʻrisidagi qarorni mutlaqo toʻgʻri qaror deb atadi. Ammo maʼmuriy masalalarni hal qilinishi millionlab odamlarning daromad topishda yurgan iqtisodiy muammolarini yengillashtirmaydi.

"Roʻyxatdan oʻtish va patent uzaytirildi, ammo bu (odam – tahr.) ishlayotganligidan dalil emas. Karantin tufayli u ishidan mahrum boʻlishi mumkin edi. Shuning uchun u noqonuniy ishlayotganlar bilan bir qatorga tushdi – na unisida ish bor va na bunisida. Ularni nima qilish kerak? Ular uylariga qayta olmaydi", - dedi Postavnin.

U pandemiya paytida Rossiyada rasmiy ravishda ishlayotgan mehnat migrantlarini Rossiya fuqarolari bilan tenglashtirish juda samarali va adolatli boʻladi deb hisoblaydi. Shu bilan birga, yuz minglab noqonuniy migrantlarni qoʻllab-quvvatlash haqida gapirishning hojati yoʻq.

"Pullarni rossiyaliklarni qoʻllab-quvvatlamasdan, noqonuniy sektorda ishlab ish haqini konvertda oladigan barcha migrantlarga tarqatish bu bemaʼnilikdir. Hozircha biz bu muammoni hal qilmagunimizcha hech narsa qilib boʻlmaydi", - deya qoʻshimcha qildi ekspert.

Shu bilan birga, u migrantlar yirik va badavlat vatandoshlar va tashkilotlarning yordamiga umid qilmasalari ham boʻlishini taʼkidladi, chunki bunday mexanizm hech qachon amalga oshirilmagan.

"Biz oʻziga xos oʻzaro yordam jamgʻarmasi yoki shunga oʻxshash tuzilmani yaratishni taklif qilgan edik. Hozir ushbu vosita qiyin vaziyatda juda foydali boʻlar edi. Ammo hozircha bu kabi tuzilmalar shakllantirilmagan", - deb shikoyat qildi Postavnin.

Sputnik Oʻzbekiston podkastida mutaxassisning batafsil izohini tinglang.

Ekspert o prodlenii patentov dlya zastryavshix v RF migrantov: im nado pomogat

Asosiy mavzular