10:28 01 Iyun 2020
Efir
  • RUB121.10
  • EUR10637.67
  • USD9554.22
Migratsiya
Havola olish
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (883)
55220

Shuningdek, COVID-19 pandemiyasi tufayli Moskvada migrantlar 15 iyungacha patentsiz mehnat qilishi mumkin.

TOSHKENT, 23 apr — Sputnik. Moskvada COVID-19 pandemiyasi tufayli xorijliklarga 15 iyungacha patentsiz ishlashga ruxsat berildi. Bu haqda Moskva IIBB xabar qildi.

Shuningdek, migrantlarga vaqtincha avval berilgan patentlar uchun oylik toʻlovini toʻlamaslik mumkin.

Bundan avval Rossiya prezidenti Vladimir Putin Rossiya Federatsiyasida xorijiy fuqarolar va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarning COVID-19 tarqalishi munosabati bilan huquqiy holatini tartibga soluvchi vaqtinchalik chora-tadbirlar toʻgʻrisidagi farmonni imzolagan edi.

Hujjatga muvofiq, chet elliklarning mamlakatda vaqtincha boʻlish muddati 15 iyungacha uzaytirildi.

Shuningdek, Rossiyada ishsiz qolgan migrantlarni Rossiya fuqarolari bilan ishsizlik nafaqasi va boshqa qator imtiyozlarni olish boʻyicha tenglashtirish tashabbusi bilan chiqishdi.

Soʻnggi maʼlumotlarga koʻra, Rossiyada 57 mingdan ortiq koronavirus holati qayd etilgan, 4 mingdan ortiq fuqaro tuzaldi, 513 kishi vafot etdi.

Mavzu:
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (883)

Asosiy mavzular