10:47 01 Iyun 2020
Efir
  • RUB121.10
  • EUR10637.67
  • USD9554.22
Migratsiya
Havola olish
59720

Rossiya prezidenti Vladimir Putin Rossiya fuqaroligini olishni soddalashtiruvchi qonunga imzo chekdi. Ushbu qonun 3 oy oʻtgach kuchga kiradi.

TOSHKENT, 24 apr — Sputnik. Rossiya prezidenti Vladimir Putin Rossiya fuqaroligini olishni soddalashtiruvchi qonunga imzo chekdi. Hujjat huquqiy axborotlar portalida eʼlon qilingan.

Rossiyada doimiy ravishda istiqomat qilayotgan chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar boshqa davlat fuqaroligidan voz kechmasliklari mumkin. Bundan tashqari, SSSR va uning sobiq respublikalarida tugʻilganlar, biroq ular fuqaroligini olmaganlar, ariza topshirgunga qadar Rossiyada uch yil yashash sharti talabi hamda daromad manbaini tasdiqlashdan ozod qilinadi.

Bu Rossiyada yashayotgan uch yil Rossiya fuqarosi bilan nikohi bor hamda Rossiya fuqaroligiga ega boʻlgan ota-onasi boʻlgan chet el fuqarolariga ham taalluqli. Ular uchun yuqoridagi talablar bekor qilindi.

Ushbu qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran 3 oy oʻtgach kuchga kiradi.

Qonun loyihasi Davlat dumasiga aprel boshida kiritilgan edi. Hozir Rossiya fuqaroligini olmoqchi boʻlgan chet el fuqarolari oʻzlarining fuqaroliklaridan voz kechishlari kerak edi. Shu bilan birga, bu Rossiyaning xalqaro shartnomasi boʻlgan davlat fuqarolariga taalluqli emas edi.

Asosiy mavzular