Rossiya qurilishlariga boshqa davlat ishchilari kerak – Xusnullin

© Sputnik / Ramil Sitdikov / Mediabankka o‘tishStroitelstvo jilogo doma
Stroitelstvo jilogo doma - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
U ishchilarning aksariyati bu Sobiq ittifoq respublikalari fuqarolari ekanini ta’kidladi. Uning fikriga ko‘ra, ular mamlakatida ham kuzatilayotgan koronavirus bilan bog‘liq muammolarni nazarga olsa, migrantlarning aksariyati Rossiyada qoladi.

TOShKENT, 24 apr — Sputnik. Rossiya qurilishlarida xorijlik ishchilar kerak. Bu haqda Rossiya hukumati raisining o‘rinbosari Marat Xusnullin ma’lum qildi.

Ocheredi migrantov v UFMS - Sputnik O‘zbekiston
Moskvada migrantlar vaqtincha patent to‘lovini to‘lamasdan ishlashi mumkin

“Biz hozir mamlakatimizda ishlayotgan xorijlik ishchilar boshqa biror joyga ko‘chishlari kerak emas deb hisoblaymiz. Bugungi kunda bizda xorijlik ishchilar hissasi yetarlicha katta... va, albatta, ular oldimizda turgan barcha vazifalarni bajarishimiz uchun lozim”, - dedi Xusnullin “Rossiya 24” telekanali efirida.

U ishchilarning aksariyati bu Sobiq ittifoq respublikalari fuqarolari ekanini ta’kidladi. Uning fikriga ko‘ra, ular mamlakatida ham kuzatilayotgan koronavirus bilan bog‘liq muammolarni nazarga olsa, migrantlarning aksariyati Rossiyada qoladi.

“Hozircha biz xorijlik ishchi kuchi bilan jiddiy muammolarni his etmayapmiz”, - dedi bosh vazir o‘rinbosari.

Eslatib o‘tamiz, Rossiyada koronavirus pandemiyasi tufayli migrantlar 15-iyungacha patentsiz mehnat qilishi mumkin. Shuningdek, migrantlarga 15-martdan 15-iyunga qadar avval berilgan patentlar uchun oylik to‘lovini to‘lamaslik imtiyozi berilgan.

Yangiliklar lentasi
0