Markaziy osiyolik migrant Rossiyada ketmoncha yordamida bankomatni o‘marmoqchi bo‘ldi

© CHANDAN KHANNA / AFPSnyatie denejnix sredstv v bankomate
Snyatie denejnix sredstv v bankomate - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Yovuz niyatli kimsa 3-Internatsional ko‘chasidagi bank bo‘limida joylashgan bankomatlarni buzishga uringan. Signalizatsiya ishlab ketgach, erkak qurilmani buzishga ulgurmasdan hodisa joyidan g‘oyib bo‘lgan

TOShKENT, 29 apr - Sputnik. Markaziy osiyolik migrant ketmoncha yordamida bankomatlarni buzishga harakat qildi, deb xabar bermoqda Rossiya IIV.

Ocheredi migrantov v UFMS - Sputnik O‘zbekiston
Moskvada migrantlar vaqtincha patent to‘lovini to‘lamasdan ishlashi mumkin

Noginskoe IIV Migratsiya boshqarmasi xodimlari tezkor qidiruv tadbirlari o‘tkazish davomida Markaziy Osiyo respublikalarining biridan bo‘lgan 30 yoshli erkakni qo‘lga olgan. U pul mablag‘larini o‘g‘irlashda gumonlanmoqda.

"Yovuz niyatli kimsa 3-Internatsional ko‘chasidagi bank bo‘limida joylashgan bankomatlarni buzishga uringan. Signalizatsiya ishlab ketgach, erkak qurilmani buzishga ulgurmasdan hodisa joyidan g‘oyib bo‘lgan", - deyiladi xabarda.

Bank bo‘linmalaridagi videokuzatuv kameralarini o‘rgangan politsiya xodimlari qonunga xilof harakatlarni amalga oshirgan gumondor shaxsini aniqlaganlar va uni jinoyat sodir etilgan joyga yaqin bo‘lgan ko‘chalardan birida qo‘lga olishgan.

Qo‘lga olingan shaxsga nisbatan Rossiya Federatsiyasi IIV MB Tergov boshqarmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 158 moddasi va 30 moddalariga asosan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Ko‘rsatilgan moddalar 10-yilgacha ozodlikdan mahrum etish javobgarligini ko‘zda tutadi. Qo‘lga olingan shaxsga nisbatan sud tomonidan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.

Yangiliklar lentasi
0