10:21 01 Iyun 2020
Efir
  • RUB121.10
  • EUR10637.67
  • USD9554.22
Migratsiya
Havola olish
Men - migrantman. Yangi loyiha (73)
439 0 0

2020 yil 15 martgacha Rossiya Federatsiyasi migratsiya qonunlariga rioya qilgan va mamlakatda qonuniy boʻlib turgan chet el fuqarolari ushbu xizmatdan foydalangan holda ish bilan taʼminlanish imkoniyatiga ega.

TOSHKENT, 30 apr - Sputnik. Oʻzbekiston Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi va Mehnat migrantlariga huquqiy yordam koʻrsatish xalqaro assotsiatsiyasi (Rossiya) hamkorligida karantin davrida RFda  boʻlib turgan Oʻzbekiston fuqarolarini ish bilan taʼminlashga koʻmaklashuvchi xizmatni toʻliq ishga tushirdi.

"Aprel oyi davomida ishlash uchun murojaat qilgan 400 nafarga yaqin fuqarodan 80 nafari ish bilan taʼminlandi", - deyiladi xabarda.

Salohiyatli ish beruvchilar va ishlash istagidagi xorijiy fuqarolar oʻrtasida aloqani taʼminlash uchun koʻp tilli koll-tsentr va tegishli maʼlumot kanallari yaratilgan. Kanallarda mavjud boʻsh ish oʻrinlari haqidagi maʼlumotlar joylashtirilmoqda, koll-tsentr savollarga javob beradi va ishga joylashish uchun arizalarni qabul qiladi.

Eslatib oʻtamiz, koronavirus tufayli 2020 yil 18 apreldan boshlab Rossiyadagi mehnat migrantlarining huquqlari kengaytirilgan: 2020 yil 15 iyungacha fuqaroligi, vizasi, ishlash uchun ruxsatnoma va patenti yoʻq shaxslar roʻyxatga olingan joyidan qatʼi nazar Rossiya Federatsiyasining istalgan joyida ishlashi mumkin.

Bu boʻyicha koronavirus infektsiyasi keng tarqalishi xavfi munosabati bilan Rossiya Federatsiyasi Prezidentining tegishli farmoni qabul qilingan.

Biroq, ushbu choralarga qaramay, rossiyalik ish beruvchilar iqtisodiyotning pasayishi va patentsiz ishchilar sababli maʼmuriy jarimalar toʻlashning oldini olish uchun, chet el fuqarolarini ishga olishga ehtiyotkorlik bilan qaramoqda. Shu oʻrinda ishchi migrantlar ham ishonchsiz ish beruvchilar tomonidan aldanib qolish ehtimolidan xavotirda.

Taʼkidlash joizki, 2020 yil 15 martgacha Rossiya Federatsiyasi migratsiya qonunlariga rioya qilgan va mamlakatda qonuniy boʻlib turgan chet el fuqarolari ushbu xizmatdan foydalangan holda ish bilan taʼminlanish imkoniyatiga ega.

Hozirgi bosqichda axborot resurslarida asosan qadoqlash (fasovщik), yuklarni joylashtirish (komplektovщik) va qishloq xoʻjaligi sohalarida boʻsh ish oʻrinlari roʻyxati taqdim etilgan. Tekshirilgan boʻsh ish oʻrinlari sonini koʻpaytirish boʻyicha hamkorlikda ish olib borilmoqda.

 

Barcha savollar va takliflar uchun: Koll-tsentr: + 7 (499) 430 00 87; telegram bot: @Ish_bor_Rossiya_bot

Mavzu:
Men - migrantman. Yangi loyiha (73)

Asosiy mavzular