10:24 01 Iyun 2020
Efir
  • RUB121.10
  • EUR10637.67
  • USD9554.22
Migratsiya
Havola olish
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (883)
813 0 0

Migrantlar orasida COVID-19 haqida bir qator notoʻgʻri tushunchalar mavjud. Kimdir shifokorga murojaat qilishi bilan bemor avval kasalxonada izolyatsiya qilinib, keyin deportatsiya qilinishiga ishonadi. Boshqalar davolanish juda qimmatga tushadi deb oʻylaydi.

TOSHKENT, 15 may - Sputnik, Lev Rыjkov. Sputnik migrant oʻzida yangi koronavirus infektsiyasi borligini sezgan taqdirda oʻzini qanday tutish kerakligini oʻrgandi.

Qayerga murojaat qilish kerak?

Agar sizda yoʻtal boshlangan boʻlsa, oʻzingizni yomon his qilsangiz, isitmangiz koʻtarilib koʻkragingizda ogʻirlik va noqulaylik hissi paydo boʻlsa, birinchi navbatda toʻgʻridan-toʻgʻri yashash joyingizdagi ishonch telefoniga qoʻngʻiroq qiling.

Koronavirus markazining telefon raqamini yoki manzilini qanday aniqlash mumkin? "Yandeks", "Gugl" yoki boshqa har qanday qidiruv tizimida soʻrov kiriting: "Koronavirusnыy tsentr" (Koronavirus markazi - Sputnik.). Siz yashaydigan joyga yaqin metro bekati yoki koʻchangiz nomini kiriting. Masalan, Moskvada koronavirus markazlari har bir tuman poliklinikasida tashkil etilgan.

Agar sizning ahvolingiz tez yomonlashsa, tez yordam chaqiring. Operator eʼtiborini odatdagi emas, balki koronavirus tez yordamiga muhtoj ekanligingizga qaratishingiz kerak. Oddiy tez yordam mashinasi sizni kasalxonaga olib ketmaydi, chunki uni bunga haqqi yoʻq. Biroq, operatorning sizga yordam berishdan bosh tortishga haqqi yoʻq. Fuqarolik yoki tibbiy sugʻurta polisi bor-yoʻqligi tibbiy yordamni rad etishga sabab emas.

Agar eng yaqin koronavirus markaziga oʻzingiz yetib borishga qaror qilsangiz, unda u yerga kirish joyi, qoida boʻyicha, poliklinikaning umumiy kirish joyidan alohida joylashganini yodizda tursin. Ammo uyga shifokorlarni chaqirish afzaroqdir.

Koronavirus markazida sizda oʻpkaning kompyuter tomografiyasi oʻtkazilishi shart. Bu fuqaroligi, roʻyxatdan oʻtganligi va majburiy yoki ixtiyoriy tibbiy sugʻurta polislari mavjudligidan qatʼi nazar, bepul amalga oshiriladi. Agar sizda polis boʻlsa, unda sizga kerakli dorilar toʻplami bepul beriladi. Agar polis boʻlmasa, unda ularga retsept yozib berishadi.

Koronavirus markazida migrant eng muhim hujjat - oʻz-oʻzini yakkalash toʻgʻrisidagi maʼlumotnomani olishi shart, bu bir qator imtiyozlar uchun asos boʻlib xizmat qiladi. Ular mavjud.

Bemorning huquq va majburiyatlari

Keyin, oʻz-oʻzini yakkalash maʼlumotnomani telefoningizga suratga olib WhatsApp messendjeri orqali migrantlarning Yagona koronavirus markaziga yuborishingiz kerak. Ushbu fotosurat asosida Migrantlar federatsiyasi tomonidan sizga ikki haftalik oziq-ovqat toʻplami va kerak boʻlsa dori-darmonlarni taqdim etadi. Bularning barchasini markazning koʻngillilari toʻgʻridan-toʻgʻri uyingiz ostonasiga yetkazib berishadi.

Agar siz kvartirada, yotoqxona yoki hostelda yolgʻiz yashamasangiz, unda sizning oila aʼzolaringiz va qoʻshnilaringiz ham oʻz-oʻzini yakkalashga oʻtadilar, chunki hujjatlarga koʻra sizning yashash joyingiz roʻyxatdan infektsiyaning oʻchogʻi sifatida oʻtadi. Ijobiy tomoni: sizning qoʻshnilaringiz va oila aʼzolaringiz ham oziq-ovqat toʻplamiga ega boʻladilar. Xuddi shunday ikki haftalik.

Muhim: koronamarkazda siz hech kimga hech narsa toʻlamaysiz. Shifokor qabuli, kompyuter tomografiyasi va dori-darmonlar bepul. Shuningdek, hududiy shifokorning uyingizga tashrifi ham bepul.

Koʻplab migrantlar agar koronavirus infektsiyasi tashxisi tasdiqlansa, ular ishdan boʻshatilishidan yoki yashash joyini boʻshatib qoʻyishni talab qilishlaridan yoki barchasini birga roʻy berishidan qoʻrqishadi. Qonun boʻyicha hech kim kasal odamlarni uyidan chiqarib yuborishga yoki ishdan boʻshatishga haqli emas. Agar siz ishga rasmiy ravishda joylashgan boʻlsangiz va sizda uy-joyning ijarasi shartnomasi boʻlsa, hech kim sizga qarshi sanktsiyalarni qoʻllashga haqli emas.

Shifokorga borishdan qochishning hojati yoʻq, chunki siz qonun bilan belgilangan test sinovlaridan oʻtasiz. Agar tashxis tasdiqlansa, testlar uch marta va bepul oʻtkaziladi.

Shuni yodda tutingki, endi koʻplab ish beruvchilar koronavirus testining natijalarisiz migrantlarni yollashmayapti. Tijoriy asosida ushbu test sinovlaridan bir marotaba oʻtish narxi 1900 dan 2400 rublgacha.

Bundan tashqari, koronamarkazda kompyuter tomografiyasi natijalariga koʻra, shifokorlar kasallikning ogʻirligini aniqlaydilar. Tadqiqot natijalariga qarab, qayerda davolanishingiz toʻgʻrisida qaror qabul qilinadi. COVID-19 virusi bilan kasallanish ogʻirligining uch darajasi mavjud. Birinchi va ikkinchisida sizni uyda oʻz-oʻzini yakkalash sharoitida davolashadi. Uchinchi, eng qiyin bosqichda, siz fuqaroligingiz yoki roʻyxatdan oʻtganligingizdan qatʼiy nazar kasalxonaga yotqizilasiz.

Agar siz sunʼiy nafas olish uskunasiga ulanishingiz kerak boʻlsa, unda bu faqat shifoxonada amalga oshirilishi mumkin. Shuningdek u ham fuqaroligidan qatʼi nazar, mutlaqo bepul amalga oshiriladi.

Mavzu:
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (883)

Asosiy mavzular