03:38 06 Iyun 2020
Efir
  • RUB121.10
  • EUR10637.67
  • USD9554.22
Migratsiya
Havola olish
455 0 0

Xalqaro migratsiya tashkiloti migrantlarni qoʻllab-quvvatlash uchun Birlashgan millatlar tashkilotidan 7 million dollar mablagʻ soʻradi

TOSHKENT, 16 may — Sputnik. Koronavirus pandemiyasi jahon inqirozi katalizatoriga aylandi, bu tufayli sobiq ittifoq davlatlari hududida holat murakkablashdi, deyiladi BMT saytida eʼlon qilingan Xalqaro migratsiya tashkiloti (XMT) bayonotida.

Koronavirus va koʻrilgan karantin choralari tufayli migrantlar daromadsiz qolishmoqda va oʻz oilalarini taʼminlay olmayaptilar. Shu bilan bir vaqtda migrantlarning bir qismi Rossiyadan vataniga qayta olmagan.

Moskvada migrantlar vaqtincha patent toʻlovini toʻlamasdan ishlashi mumkin >>>

XMT ushbu holatni "jiddiy inqiroz", deb atagan va bu migrantlar orasida jinoyatchilik darajasini oshirishi mumkinligini yoki ularning biznesning nolegal turlariga oʻtib ketishlari xavfini oshirishini taʼkidlab oʻtgan.

Migrantlarga eslatma: koronavirusni yuqtirganda nima qilish kerak? >>>

XMT vakillari Tojikiston, Rossiya, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Turkmaniston va Oʻzbekiston ekspertlari bilan ushbu holatni tartibga solish choralari haqida muhokama oʻtkazdilar. Muzokaralar yakuni boʻyicha XMT BMTlan migrantlarga yordam uchun 7 million dollar soʻradi.

Rossiyadagi Oʻzbekiston fuqarolarini ish bilan taʼminlash xizmati ishga tushdi >>>

Xalqaro migratsiya tashkiloti izohiga koʻra, soʻralgan va hali olinmagan 7 million dollar hukumatlar va ishsiz qolgan migrantlarni qoʻllab-quvvatlash maqsadlarida sarflanadi.

Asosiy mavzular