10:16 03 Iyun 2020
Efir
  • RUB121.10
  • EUR10637.67
  • USD9554.22
Migratsiya
Havola olish
397 0 0

Qozogʻiston orqali Oʻzbekistonga kelmoqchi boʻlgan 800 nafar atrofida fuqarolar chegarada toʻplangani, ularni chegaradan oʻtkazmayotgani haqidagi xabarlar paydo boʻlgan edi.

TOSHKENT, 18 may — Sputnik. Qozogʻiston chegarasida toʻplanganlarning Oʻzbekistonga oʻtishiga ruxsat beriladi.

Qayd etilishicha, Rossiya va Qozogʻiston bilan olib borilgan muzokaralar natijasida chegarada toʻplangan oʻzbekistonliklarni istisno tariqasida avtobuslarda Oʻzbekistonga olib kelishga ruxsat beriladi.

Fuqarolarning shaxsiy avtomobillari Samara viloyatida tashkil etilgan maxsus avtoturagohda qoldiriladi.

Chegara yopiq va hozir fuqarolar faqat bir marta istisno tariqasida olib oʻtiladi. Shuning uchun Rossiyadagi boshqa haydovchilar ham kelaversa, ular chegaradan oʻtkazilmaydi.

Oʻzbekistonga qaytmoqchi boʻlgan boshqa fuqarolardan doimiy yoki vaqtinchalik yashash joylariga qaytib turishlari, tashkil qilingan charter reyslar uchun roʻyxatdan oʻtib, navbati kelganda Oʻzbekistonga kirib kelishlari soʻralgan.

Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekiston fuqarolari shaxsiy avtomobillarda va avtobuslarda, chegaralar ochilishi toʻgʻrisidagi notoʻgʻri maʼlumotlarga asosan, Samara viloyati, Bolshechnerigovskiy tumanidagi Qozogʻiston bilan chegara hududiga borgani va "Mashtakovo" hamda "Sagarchinsk" chegara-nazorat punktlari yonida toʻplanib qolishgani xabar qilingan edi.

Asosiy mavzular