16:28 15 Iyul 2020
Efir
  • RUB143.88
  • EUR11518.27
  • USD10194.96
Migratsiya
Havola olish
853 0 0

Chet el fuqarolari har yili RFga kelib, ekin va yigʻim-terim paytida katta yordam berishgan, deydi migratsiya masalalari boʻyicha ekspert Natalya Vlasova.

Rossiya prezidenti qoshidagi Xalq xoʻjaligi va davlat hizmati akademiyasi (RANXiGS) hisob-kitoblariga koʻra, RFda qishloq xoʻjaligida 500 mingga yaqin migrant ishlaydi. Mutaxassislarning fikricha, ekin va yigʻim-terim kampaniyasini muvaffaqiyatli oʻtkazish uchun ularga pandemiya tufayli yopiq boʻlgan chegaralar sharoitida ham kelishiga ruxsat berish kerak, deb yozadi RBK.

Migratsiya boʻyicha mutaxassis Natalya Vlasovaning taʼkidlashicha, Rossiyada har doim ham qishloq xoʻjaligida ishchi kuchi yetishmagan.

"Endilikda, mart oyidan beri bizga migrantlar kelolmaganligi sababli, juda kuchli tanqislik his qilinadi. Buyuk Britaniya, Frantsiya, Germaniya tajribasi shuni koʻrsatadiki, pandemiya tufayli ishsiz qolgan aholini jalb qilishga urinishlar hech qanday samara bermaydi. Baʼzi odamlar  rozi boʻlishgan, ammo dalada oʻtgan bir kundan keyin deyarli hamma davom etishdan bosh tortdi. Ehtimol, bizda ham shunday boʻladi, chunki qishloq xoʻjaligida mehnat juda ogʻir", - dedi Natalya Vlasova Sputnik radiosiga.

Shu bilan birga u Markaziy osiyoliklar bunday qiyin ishga koʻnikkanligini taʼkidladi.

"Ular bizga har yili kelib, ekin va yigʻim-terim paytida katta yordam berishgan, - deydi mutaxassis. Bu masalani qanday hal qilsa boʻladi? Axir, aholining oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlash eng muhim vazifalardan biri, demak, tashqi ishlar vazirligi, ichki ishlar vazirligi va qishloq xoʻjaligi vazirligi bilan birgalikda bu masalani koʻtarishi va boshqa davlatlarning hukumatlaridan oʻz fuqarolariga qishloq xoʻjaligidagi ishlarga borishiga ruxsat berishlarini soʻrashlari kerak. Buni amalga oshirish uchun RFning qaysi subʼyekti qancha migrantga ehtiyoji borligini va Rossiyaga kelganida ularni u joylarga qanday yetkazishlikni aniq bilish kerak. Katta ishlar turipti oldinda, ammo menimcha, bu masalani hal qilsa boʻladi".

Toʻliq sharhni radiopodkastda tinglashingiz mumkin.

Vlasova o roste nelegalnoy migratsii iz-za koronavirusa

Asosiy mavzular