22:10 12 Iyul 2020
Efir
  • RUB142.48
  • EUR11455.78
  • USD10184.73
Migratsiya
Havola olish
316 0 0

2020 yil may oyida Rossiya Migrantlar Federatsiyasi (RMF) koll-markazida yordam murojaatlarining rekord soni qayd etildi.

TOSHKENT, 1 iyun - Sputnik. May oyida moliyaviy qiyinchiliklarga duch kelgan 10 mingdan ortiq chet el fuqarolari Rossiya Migrantlar Federatsiyasi (RMF)dan yordam oldilar.

2020 yil may oyida RMF koll-markazida yordam murojaatlarining rekord soni qayd etildi. Ishonch telefonlari xodimlari 15 mingdan ortiq qoʻngʻiroqlarni va ijtimoiy tarmoqlarda bir necha ming murojaatlarni koʻrib chiqdilar.

RF Prezidentining 2020 yil 18 apreldagi 274-sonli "Yangi koronavirus infektsiyasining (COVID-19) tarqalishi xavfi tufayli Rossiya Federatsiyasida chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarning huquqiy maqomini hal etish boʻyicha vaqtinchalik chora-tadbirlar toʻgʻrisida"gi farmoniga asosan karantin tadbirlari paytida migrantlar kerakli hujjatlarni rasmiylashtirmasligi mumkin boʻldi, ammo yengillashtiruvchi sharoitlarga qaramay, migrantlarning koʻplab murojaatlari ish yoʻqotishi va natijada butun oilaga oziq-ovqat yetishmasligi bilan bogʻliq boʻldi.

Rossiyada majburan qolib turgan chet el fuqarolariga yordam berish uchun RMF koll-markazi yangi ishchilarga qiziqish bildirgan ish beruvchilarning arizalarini qabul qilishni boshladi. Hamkorlikdagi faol harakatlar natijasida RMF mehnat migrantlari uchun boʻsh ish oʻrinlarini qidirish boʻyicha oʻz boʻlimini ochishga qaror qildi, bu yerda chet el fuqarolari Rossiyaning turli mintaqalarida oʻzlariga oʻnta yoʻnalishda ish topishlari mumkin: qurilish va taʼmirlash; umumiy ovqatlanish; transport, logistika, omborxonalar; qishloq xoʻjaligi; kommunal xujaligi; ishlab chiqarish va sanoat; chakana savdo; qoʻriqlash va xavfsizlik; mehmonxonalar va turizm; ishchi xodimlar.

Bundan tashqari, migrantlarga oziq-ovqat toʻplamlarini yetkazish tashkillashtirilgan. Xizmatdan maxsus ariza shakli orqali foydalanish mumkin.

RMF aynan chet el fuqarolari va beparvo boʻlmagan rossiyaliklar tufayli muhtojlarga gumanitar yordam koʻrsatish uchun zarur miqdordagi mablagʻni yigʻishga muvaffaq boʻldi. May oyida 10 mingdan ortiq migrant donlilar, un, choy, shakar, sariyogʻ, makaron, kartoshka va quyultirilgan sut shaklida oziq-ovqat olish imkoniga ega boʻldi.

RMF koll-markazi oʻz faoliyatini Rossiya Federatsiyasi prezidentining granti asosida amalga oshirilayotgan mehnat migrantlarining ijtimoiy moslashuvi va integratsiyasiga koʻmaklashish loyihasi doirasida 2020 yil yanvar oyidan boshladi. Qiyin vaziyatga tushib qolgan migrantlar ijtimoiy tarmoqlardagi RMF rasmiy sahifalarida: VKontakte, Odnoklassniki, Instagram, shuningdek +7 (495) 778-3288; +7 (963) 997-4210; +7 (926) 130-7500 Ishonch telefonlari ish kunlari 8.00 dan 22.00 gacha va dam olish kunlari 9.00 dan 21.00 gacha ishlaydi.

Eslatib oʻtamiz: joriy yilning 14-may kuni Oʻzbekistonning Rossiya Federatsiyasidagi elchixonasi "Mehr" loyihasini ishga tushirdi - may oyi oxiriga moddiy yordam miqdori 5 million rublni tashkil etdi.

Bundan tashqari, homiy Alisher Usmonov respublikada pandemiyaga qarshi kurashish uchun Oʻzbekiston Sogʻliqni saqlash vazirligining "Mehr-Shafqat va Salomatlik" jamoat jamgʻarmasiga 20 million dollar ajratdi.

Oʻzbekistonning Jizzax viloyatida tugʻilgan milliarder Fattoh Shodiyevning xalqaro jamgʻarmasi Adliya vazirligining "Biz birgamiz" ijtimoiy loyihasi doirasida respublikadagi 1,5 ming kam taʼminlangan oilalarga COVID-19 koronavirusining tarqalishi munosabati bilan oziq-ovqat va tibbiy buyumlardan tashkil topgan insonparvarlik yordamini yubordi. Terma futbol jamoasi sardori Odil Ahmedov Namanganga 600 million soʻmlik dori-darmonlar yubordi.

Bundan tashqari, muqaddas Ramazon oyida oʻzbekistonlik talabalar uchun issiq ovqat tashkil etildi. Jarayonga 20ga yaqin koʻngillilar jalb qilindi: ular ovqat tayyorlab, ovqat va oziq-ovqat mahsulotlarini yetkazib berishdi.

Asosiy mavzular