17:49 07 Avgust 2020
Efir
  • RUB137.46
  • EUR12021.09
  • USD10209.86
Migratsiya
Havola olish
516 0 0

Tojikiston fuqarolari chegarada ular sanitariyaga zid holatda ushlab turilgani va och qolishayotganidan nolishgan

TOSHKENT, 2 iyun — Sputnik. Tojikistonning 200dan ortiq fuqarorali Qozogʻistonning Turkiston viloyatida Oʻzbekiston bilan chegara qismida turib qolishdi, deb xabar bermoqda Sputnik Qozogʻiston.

Ikki oydirki, ular karantin tufayli vatanga qayta olmayaptilar. Bu MDH davlatlarida pandemiya tufayli hamma yoqda chegaralar yopila boshlagani tufayli roʻy berdi.

Mehnat migrantlari oilalari bilan birgalikda uylariga shoshildilar, ammo barcha chegaralarni kesib oʻtishga ulgurishmadi.

Shu bilan birga tojikistonliklar sanitariyaga zid shart-sharoitlarda yashayotganliklari, vafot etgan vatandoshlari jasadlari borligi, ammo oʻzbekistonlik bojxonachilar ularni chegaradan oʻtkazishmayotganidan nolimoqda.

Tojikiston fuqarolarining aksariyatida mablagʻlar tugagan, ular hatto oʻzlariga oziq-ovqat ololmayapti.

"Ana u yerda qozon turibdi. Ovqat pishiramiz. Yuz nafarga yaqin odam ovqatlanadi, qolganlari och. Bu yerda homilador ayollar ham bor", - deb hikoya qiladi tojikistonlik Umar Xamidov.

Uning aytishicha, ayollar axlat paketlardan oʻzlariga vaqtinchalik boshpana tayyorlaganlar, hozirda avtoturargohlarda kartonlarda bolalar bilan birgalikda tunashayotgan ekan.

Shu bilan birga ularning hech birining yuvinishga imkoniyati yoʻq, ayrimlari esa oxirgi marta 20 kun oldin yuvingan.

Asosiy mavzular