Migrantlar siyosatini qayta ko‘rib chiqish zarur - Rossiya kasaba uyushmalari

© Sputnik / Pavel Lisisin / Mediabankka o‘tishTrudovie migranti, arxivnoe foto
Trudovie migranti, arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Avvalroq Rossiya hukumati ish beruvchilarni malakali ishga qabul qilishda chet elliklarga emas, balki Rossiya fuqarolariga afzallik berishlarini talab qilish imkoniyatlari muhokama qilayotganligi ma’lum bo‘lgan edi.

TOShKENT, 8-iyun - Sputnik. Rossiyaga migrantlarni ishga jalb qilish siyosati qayta ko‘rib chiqilishi kerak. Chunki ba’zi ish beruvchilar kamroq pulga ishlashga tayyor bo‘lgan boshqa mamlakat fuqarolarini jalb qilish bilan xarajatlarni kamaytirmoqda. Bu haqda Rossiya mustaqil kasaba uyushmalari federatsiyasi (FNPR) rahbari Mixail Shmakov RIA Novostiga ma’lum qildi.

Avvalroq “Izvestiya” gazetasi Rossiya hukumati malakali ishga yollanayotganda chet elliklar emas, balki ish beruvchilardan Rossiya fuqarolariga afzallik berishlarini talab qilish imkoniyatlarini muhokama qilayotgani haqida xabar bergandi. Nashrning ta’kidlashicha, ushbu masala bo‘yicha maslahatlashuvlar prezident ma’muriyati huzuridagi davlat migratsiya siyosati konsepsiyasini amalga oshirish bo‘yicha guruhi negizida o‘tkazilmoqda.

Ocheredi migrantov v UFMS - Sputnik O‘zbekiston
Rossiyaning ayrim hududlari migrantlarga muhtoj - mehnat vaziri

"Biz buni uzoq vaqtdan beri taklif qilmoqdamiz. Bundan tashqari, bularning barchasi mehnat migrantlarini jalb qilish siyosati bilan bog‘liq - ushbu siyosatni qayta ko‘rib chiqish kerak, shunda bu masala u qadar keskin bo‘lmaydi", - dedi Shmakov.

Uning ta’kidlashicha, ba’zi ish beruvchilar ish haqi xarajatlarni kamaytirish uchun migrantlarni jalb qilishmoqda. Chunki ular pastroq ish haqiga rozi bo‘lishadi, Rossiya fuqarolari esa ishsiz qolib ketmoqda.

Mixail Shmakov bunday vaziyatni tugatish kerakligini ta’kidladi, ammo taklif qilingan talqin unga noma’lum ekanligini va hujjatning tafsilotlarini ko‘rib chiqish kerakligini ta’kidladi.

"Ammo umumiy fikr sifatida, bu, shubhasiz, to‘g‘ri", - dedi u va bunday qarorlar ish haqining oshishiga olib kelishi kerakligini tushuntirdi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiya mehnat va ijtimoiy muhofaza vaziri Anton Kotakov agentlik migratsiya siyosati tamoyillarini o‘zgartirish ustida ish olib borayotganini aytgandi. Uning so‘zlariga ko‘ra, hozirgi paytda mamlakatning ba’zi mintaqalarida boshqa mamlakatlardan kelgan ishchilar yetishmayapti.

Yangiliklar lentasi
0