04:20 31 Oktyabr 2020
Efir
  • RUB136.11
  • EUR12285.78
  • USD10359.88
Migratsiya
Havola olish
14610

Ushbu tashabbus Oʻzbekiston bosh vazirining oʻrinbosari Sardor Umurzakov Moskva shahriga amaliy tashrifi doirasida koʻrib chiqildi.

TOSHKENT, 25 iyun — Sputnik. Oʻzbekistonda Rossiyada mamlakat fuqarolarining ishga joylashishi uchun koʻp funktsiyali migratsiya markazini ochish rejalashtirilmoqda.

Ushbu tashabbus Oʻzbekiston bosh vazirining oʻrinbosari Sardor Umurzakovning Moskva shahriga amaliy tashrifi doirasida Rossiya Hukumati raisining oʻrinbosari Aleksey Overchuk, Rossiya sanoat va savdo vaziri Denis Manturov va Rossiya Iqtisodiy rivojlanish vaziri Maksim Reshetnikov bilan bir qator ikki tomonlama uchrashuvida maʼlum qilindi.

“Shuningdek, Rossiya viloyatlari va yirik ish beruvchilari bilan toʻgʻridan-toʻgʻri hamkorlik qilish orqali Rossiya Federatsiyasida Oʻzbekiston fuqarolarining bandligini tashkil etuvchi operator boʻlib xizmat qiladigan koʻp funktsiyali migratsiya markazini Oʻzbekiston hududida ochish tashabbusi muhokama qilindi”, - deyilgan xabarda.

Eslatib oʻtamiz, avvalroq Toshkentda Yagona migratsion markaz oʻz faoliyatini boshlagan. Markazning asosiy maqsadi Rossiyaga vaqtinchalik mehnat qilish uchun ketayotgan Oʻzbekiston fuqarolarini joʻnash oldidan tayyorlash, moslashuv va psixologik tayyorlash xizmatlarini koʻrsatishdan iborat.

Shuningdek, Rossiyaga ishlash uchun ketayotgan fuqarolarga rus tili, Rossiya tarixi va qonunchiligini oʻrgatish va patent olish uchun talab etiladigan tegishli sertifikatni Oʻzbekistonda berish kabi xizmatlar koʻrsatiladi.

Asosiy mavzular