16:12 26 Yanvar 2021
Efir
  • RUB139.72
  • EUR12798.46
  • USD10518.99
Migratsiya
Havola olish
Migratsiya (88)
163 0 0

Husanovning taʼkidiga koʻra, vazirlik qoshida Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi mavjud boʻlib, agentlik oʻzbekistonlik migrantlarga har tomonlama koʻmak berishga moʻljallangan

TOSHKENT, 25 iyun - Sputnik. 2019 yil davomida xorijda mehnat qilayotgan oʻzbekistonliklarning qariyb 600 ming dollar haqlari undirib berildi. Bu haqda Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri Nozim Husanov bayonot bergan.

Husanovning taʼkidiga koʻra, vazirlik qoshida Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi mavjud boʻlib, agentlik oʻzbekistonlik migrantlarga har tomonlama koʻmak berishga moʻljallangan.

"Milliy komissiya yigʻilishida bu masalaga alohida toʻxtalib oʻtildi. 2019 yilda xorijdagi 3,5 mingdan ziyod fuqarolarimizga huquqiy koʻmak berdik va oʻtgan yili yurtdoshlarimizning qariyb 600 ming dollar haqlarini undirib berishga muvaffaq boʻldik", - deya aniqlik kiritadi mehnat vaziri.

Taʼkidlanishicha, agentlikning turli davlatlarda vakolatxonalari ishlab turibdi. Rossiya Federatsiyasida mavjud vakolatxonalardan tashqari yana 6 ta vakolatxona ochish rejalashtirilmoqda. Xorijdan qaytgan yoki bora olmayotgan fuqarolar ushbu agentlik boʻlimlariga murojaat qilib, oʻzlariga mos ish qidirishlari yoki maxsus kurslarda hunar oʻrganishlari mumkin.

Bugungi kunda aholi bandligini taʼminlashda foydalanilayotgan barcha mexanizmlar orqali, bunda birinchi navbatda xorijiy davlatlardan qaytgan yoki keta olmagan fuqarolarimizga amaliy yordam berish koʻzda tutilgan.

 

Mavzu:
Migratsiya (88)

Asosiy mavzular