07:04 13 Iyul 2020
Efir
  • RUB142.48
  • EUR11455.78
  • USD10184.73
Migratsiya
Havola olish
190 0 0

GUU professori, Rossiya Ichki ishlar vazirligi Migratsiya Bosh boshqarmasi qoshidagi ekspert-maslahat kengashi aʼzosi Vladimir Volox, koronavirus pandemiyasi RFda migratsiya holatida qanday zaif tomonlarini aniqlaganini aytib berdi.

Rossiyadagi chet elliklar uchun qonunchilik bazasini takomillashtirish kerak, dedi Davlat boshqaruv universiteti (GUU) professori, Rossiya Ichki ishlar vazirligi Migratsiya Bosh boshqarmasi qoshidagi ekspert-maslahat kengashi aʼzosi Vladimir Volox.

“Menimcha, vaqtincha yashashga ruxsatnoma kabi institut allaqachon eskirib boʻldi. Bu yerda tegishli oʻzgartirishlar kiritilishi kerak”, - dedi Volox Rossiyadagi mehnat migrantlari bilan bogʻliq vaziyatga bagʻishlangan onlayn-konferentsiyada.

Uning qoʻshimcha qilishicha, Rossiya Federatsiyasida mehnat migrantlariga boʻlgan ehtiyoj qolaveradi, deb yozadi Sputnik Tojikiston.

“Moskva viloyati qurilish tashkilotlari chet ellik ishchilarini jalb qilishdan manfaatdor, bu kabi holat uy-joy kommunal xoʻjaligida ham kuzatilmoqda”, - dedi professor.

Ammo, uning fikricha, koʻp jihatdan, kelib chiqish mamlakatlarda qanday ishlarni amalga oshirish mumkinligini aniqlash kerak, migrantlarni tashkillashtirilgan holda yollashga eʼtibor qaratish kerak. Shunda chet elliklar qayerga ketayotganliklarini va ularni qanday sharoitlar kutishini oldindan bilishadi. Oʻz navbatida, ish beruvchilar ularga kim kelishini tushunishadi.

Voloxning soʻzlariga koʻra, buning uchun xususiy bandlik agentliklarini (XBA) faolroq jalb qilish kerak.

“Ular qarorlarni tezroq qabul qiladilar, maʼlum amaliy tajribaga ega. XBAlarning salohiyati juda katta”, - deb hisoblaydi professor.

Tafsilotlarni audiofaylda tinglang.

Volox: nado sovershenstvovat pravovoye pole Rossii v otnoshenii migrantov

Asosiy mavzular