22:40 03 Avgust 2020
Efir
  • RUB142.37
  • EUR11896.04
  • USD10207.69
Migratsiya
Havola olish
228050

Rossiya prezidenti Vladimir Putin mamlakatga taʼlim olishga tayyor yoki muayyan malaka yoxud kasbga ega boʻlgan yoshlar kerakligini alohida taʼkidladi

TOSHKENT, 4 iyul — Sputnik. Rossiya iqtisodiy rivojlanish uchun migrantlar oqimiga ehtiyoj sezadi, deb bayonot qildi prezident Vladimir Putin RF Konstitutsiyasiga kiritiladigan tuzatishlarlarni tayyorlash boʻyicha ishchi guruhi aʼzolari bilan uchrashuvda.

"Rossiya migrantlar oqimidan manfaatdor, ammo mamlakatga zarur boʻlgan oqimdan. <...> Rossiya yangi fuqarolar oqimiga muhtoj, chet davlatlardan odamlarni jalb qilishga ehtiyoji bor. <...> Iqtisodga toʻxtaladigan boʻlsak, shu narsa ayonki, iqtisod rivojlanishi bilan - bizda ishchi kuchi yetishmay qoladi: bu holat tez kunda seziladi - ishchi kuchi zarur", - deb aytgan Rossiya yetakchisi.

Putin ishchi kuchi yetishmasligini mamlakat iqtisodiy taraqqiyotiga toʻsiq boʻladigan obʼyektiv sabab hamda jiddiy muammolarning biri sifatida koʻrsatgan.

Rossiya prezidenti mamlakatga taʼlim olishga tayyor yoki muayyan malaka yoxud kasbga ega yoshlar kerakligini taʼkidlagan.

Shu bilan birga, prezident, jalb etilayotgan migrantlar oqimi Rossiya fuqarolari huquqlarini buzmasligi yoki cheklamasligi zarurligini qayd etgan.

Putin shuningdek, Rossiya rus tili va madaniyati tashuvchilari oqimiga uch karra muhtojligini qoʻshimcha qilgan.

Asosiy mavzular