13:17 25 Noyabr 2020
Efir
  • RUB136.69
  • EUR12344.73
  • USD10414.86
Migratsiya
Havola olish
919 0 0

Rossiya Xavfsizlik kengashi raisi oʻrinbosari koronavirus pandemiyasi sabab migrantlar bilan bogʻliq vaziyat boshqarilsa boʻladigan darajada, lekin u xavotirga solishini aytdi.

TOSHKENT, 9 iyul — Sputnik. Rossiyada koronavirus pandemiyasi sabab migrantlar bilan bogʻliq vaziyat boshqarilsa boʻladigan darajada, lekin u xavotirga soladi. Bu haqda Rossiya Xavfsizlik kengashi raisi oʻrinbosari Dmitriy Medvedev maʼlum qildi.

Medvedevning soʻzlariga koʻra, hozirda dunyoning har bir rivojlangan mamlakati jalb qilingan ishchi kuchidan foydalanadi va bu iqtisodiyot uchun muhim. Shu bilan birga, u Rossiyadagi migrantlar moslashgan, rus tilini bilishi shartligi va koʻchalarda tunamasligi kerakligini taʼkidladi.

“Bu qiyin vazifa, biz Xavfsizlik kengashi tomonidan u bilan shugʻullanayapmiz. Pandemiya, albatta, vaziyatni keskinlashtirdi. Kelganlarning bir qismi ishidan ayrildi, ularni esa uylariga qabul qilishni xohlashmadi. Bu chigal masala. Umuman olganda, vaziyat boshqarilsa boʻladigan darajada, lekin u xavotirga soladi”, - dedi u “Komsomolskaya pravda” nashriga bergan intervyusida.

Medvedev Rossiya IIV, FXX va boshqa qator tuzilmalar ushbu masalaga katta eʼtibor qaratayotganini taʼkidladi.

Migrantlar tomonidan sodir etilayotgan jinoyatlarga toʻxtalar ekan, Medvedev jinoyatchilik darajasi oʻtgan yilgidan farq qilmasligini maʼlum qildi.

“Qayerdadir sal koʻproq, qayerdadir sal kamroq, biroq avj olish yoʻq. Shunchaki vaziyatni nazorat ostiga olish lozim”, - deya hisoblaydi u.

Avvalroq Rossiya IIV xorijlik ishchilar oʻrtasida jinoyatlar 10,9 foizga kamayganini maʼlum qilgan edi.

Teglar:
Medvedev, migrantlar, Rossiya

Asosiy mavzular