17:35 07 Avgust 2020
Efir
  • RUB137.46
  • EUR12021.09
  • USD10209.86
Migratsiya
Havola olish
126810

Oʻzbekistonning Rossiyadagi bosh konsuli Mehriddin Xayriddinov Samara va Orenburg viloyatlarida chegara yaqinidagi vaziyat haqda  hikoya qilib berdi hamda ayni damda Rossiyada boʻlib turgan fuqarolarga maslahat berdi.

- Chegarada ayni damda vaziyat qanday? U yerda qancha fuqarolar toʻplanib qolgan, ulardan qanchasi Oʻzbekiston fuqarolari?

- Biz rasmiy kanallar orqali ayni damda Rossiyada boʻlib turgan fuqarolarimizni ijtimoy tarmoqlarda tarqatilayotgan Rossiya-Qozogʻiston chegarasi ochilishi haqidagi yolgʻon xabarlar, shuningdek ayrim fuqarolar tomonidan oʻz manfaati yoʻlida messenjerlarda tarqatilayotgan chegaragacha transfer xizmatlari haqidagi eʼlonlar toʻgʻrisida koʻp martalab ogohlantirganmiz.

Lekin barcha ogohlartirishlarga qaramasdan, oxirgi haftalar davomida Orenburg viloyatining "Mashtakovo" chegara-nazorat punktida va Samara viloyatining Bolshaya Chernigovka tumani hududida 2 mingdan ortiq fuqarolarimiz toʻplanib qolishgan. Ularning barchasi  yolgʻon xabarlarga ishonib Rossiyaning turli hududlaridan kelgan va vataniga qaytish uchun Qozogʻiston hududi orqali tranzit koridori ochishni talab qilishmoqda.

Vaziyatni barqarorlashtirish maqsadida biz Oʻzbekistonning Rossiyadagi elchisi Botirjon Asadov hamda Qozon shahridagi bosh konsul Fariddin Nasriyev bilan birgalikda 5 kundan beri shu yerdamiz. Ushbu davr ichida Rossiya prezidentining Volgaboʻyi federal okrugidagi vakili Oleg Mashkovtsev, Samara viloyati gubernatori Dmitriy Azarov va boshqa rasmiy kishilar bilan muzokaralar oʻtkazdik.

Undan tashqari Samara va Orenburg viloyatlarida fuqarolarimiz toʻplanib qolgan joylarda ham uchrashuvlar oʻtkazdik, ularning yashash sharoitlari bilan tanishdik.

Vatandoshlarimiz bizga ijtimoiy tarmoqlarda tarqatilgan chegaralar ochilganligi toʻgʻrisidagi yolgʻon xabarlarni va ushbu xabarlarga biriktirilgan "grafik"larni, shuningdek taksichilar tarqatgan sms-eʼlonlarni koʻrsatishdi.

Sotrudniki posolstva i konsulstv Uzbekistana v RF obщayutsya s grajdanami, ostayuщimsya na granitse s RK
Press-slujba Posolstva Uzbekistana v RF
Sotrudniki posolstva i konsulstv Uzbekistana v RF obщayutsya s grajdanami, ostayuщimsya na granitse s RK

Afsuski ushbu fuqarolarimiz TIV va elchixonaning rasmiy veb-sayti yoki ijtimoiy tarmoqlari orqali tarqatilgan xabarlarga emas, mana shunday yolgʻon xabarlarga ishonib firibgarlar tuzogʻiga tushgan.

Shuningdek, biz may oyida birinchi bor chegarada odamlar toʻplanib qolganidan koʻzga koʻrinib qolgan taksi haydovchichilari yana oʻz faoliyatini davom ettirayotganining guvohi boʻldik. Vijdonsiz "tashuvchilar" odamlar sogʻligʻini xavf ostiga qoʻyib, ularni vaziyat qurboniga aylantirib, chegaragacha olib borib qoʻyishni oʻziga xos "biznes"ga aylantirib olgan.

- Hozir Qozogʻistonda COVID-19 epidemiyasi ogʻir kechmoqda. TIV fuqarolarni chegaradan olib oʻtishning imkoni yoʻq deb yozgan edi. Qoʻshni respublika bilan biror kelishuvga erishildimi?

− Haqiqatdan ham, 5 iyuldan boshlab Qozogʻistonda epidemiologik vaziyat murakkablashuvi tufayli keskin karantin choralari kiritilgan. Respublikada, xususan hududlararo avtobus harakati va poyezdlar qatnovi butunlay toʻxtatilgan. Hukumat xabariga koʻra, ushbu cheklovlar 14 kun davomida saqlanib qoladi. Bularning barchasi, albatta, fuqarolarimizni Qozogʻiston hududi orqali qaytarishda maʼlum tashkiliy qiyinchiliklar tugʻdiradi va vaqt talab qiladi. Qozogʻiston hukumati bilan muzokaralar barcha darajalarda olib borilmoqda. Ularning natijalari haqida biz alohida xabar qilamiz.

Ushbu vaziyatdan foydalanib Qozogʻiston tomoniga may va iyun oylarida cheragada toʻplanib qolgan bir yarim mingdan ortiq fuqarolarimiz uchun ajratilgan tranzit koridori uchun minnatdorlik bildirmoqchiman.

- Mahalliy hukumatlar tomonidan fuqarolarni vaqtinchalik ish bilan taʼminlash toʻgʻrisida tkliflar bormi? Ushbu takliflarga migrantlar qanday munosabat bildirishmoqda.

− Biz Rossiya tomoniga va mahalliy hokimiyatlarga fuqarolarimizga koʻrastilayotgan yordam uchun minnatdorlik bildirmoqchimiz. Viloyat va tuman maʼmuriyatlari tomonidan vatandoshlarimizni vaqtinchalik joylashtirish uchun chodirli lagerlar tashkil qilingan. Ayrim fuqarolarimiz har doim ham yoʻl chetidan koʻra kerakli sharoitlar yaratilgan ushbu lagerlarga oʻtishni har doim ham xohlamaydi, lekin bu boshqa masala.

Samara va Orenburg viloyatlari hukumatlari biz bilan birgalikda Oʻzbekiston fuqarolarga chegaralar ochilguncha ishlab turish uchun munosib toʻlovi, yashash  joyi va ovqati bilan taʼminlangan bir necha ming vakansiyalar taklif qilishdi.

Undan tashqari fuqarolar bilan mahalliy mehnat vazirliklar, Xalqaro migrantlar huquqiy tashkilotlari vakillari ishlamoqda.  Ish beruvchilarning oʻzlari ham vakansiyalar taklif qilmoqda, lekin ushbu imkoniyatlardan faqatgina sanoqli kishilar foydalanishdi, aksariyat fuqarolar toʻplangan joylarda kutishda davom etmoqda.

- Fuqarolar sogʻligʻi monitoring qilinmloqdami? Lagerda COVID-19 avj olmasligi uchun ular tibbiyot xodimlari tomonidan koʻrikdan oʻtkazilmoqdami?

— Rossiyalik shifokorlar jalb qilingan. Ular vaqti-vaqti bilan fuqarolarni koʻrikdan oʻtkazmoqda, tushuntirish va maslahat bermoqdalar. Kasallik xavfi koʻproq tahdid solayotgan homilador va yosh bolali ayollar, kasallar va keksa yoshli fuqarolarga alohida eʼtibor berilmoqda.

− Oʻzbekiston diplomatik vakolatxonasi mablagʻsiz qolgan fuqarolarga vataniga qaytish uchun qanday tavsiyalar berishi mumkin? Ular qonun buzmaslik va oʻz sogʻliqlarini xavf ostiga qoʻymasliklari uchun qayerga murojaat qilishlari mumkin?

− 5 iyuldan boshlab Qozogʻistonda va 10 iyuldan Oʻzbekistonda COVID-19ga qarshi kurash doirasida qattiq karantin choralari kiritilgan. Oʻzbekiston va Rossiyaga amalga oshirilayotgan charter parvozlari soni kamaytirilgan. Rossiyada koronavirus tarqalishi bilan bogʻliq vaziyat barqarorlashgan. Oldin joriy etilgan cheklov choralari bekor qilinmoqda, sanoat korxonalari, savdo obʼyektlari va boshqa tashkilotlar ishga tushmoqda, demak yangi ish oʻrinlari ham paydo boʻlmoqda.

Murakkab sharoitda fuqarolarimiz ijtimoiy tarmoq va messenjerlarda shubhali manbaalardan tarqatilayotgan yolgʻon xabarlarga ishonmasdan, Rossiya-Qozogʻiston davlat chegarasiga borishga shoshilmasdan, xotirjamlikni saqlasa - maqsadga muvofiq boʻladi.  Rossiyada vaziyat kun sayin yaxzshilanib, vatandoshlarimiz ishga joylashishi uchun yangi imkoniyatlar paydo boʻlmoqda. Ushbu jarayonga Rossiyaning turli hududlaridagi bosh konsullarimiz ham, Tashqi mehnat migratsiyasi vakolatxonalari ham oʻz hissalarini qoʻshishga tayyor. Kim uyga qaytishga qatʼiy qaror qilgan boʻlsa, onlayn roʻyxatga yozilib oʻz navbatini kutib turishi kerak.

Biz hozirgi sharoitlarda oʻzbekistonliklar Rossiyada qanday qiyinchiliklarga duch kelayotganidan xabardormiz. 14 maydan boshlab "Mehr" aktsiyasi ishga tushgan. Ushbu tadbir doirasida ayni damda 35 million rubldan ortiq moddiy yordam koʻrsatilgan.

Ushbu yordam imkoniyati cheklangan fuqarolar, qaramogʻida 2 yoshgacha bolalari boʻlgan yoki  7 oydan katta homilasi boʻlgan ayollar,   COVID-19ga chalingan vatandoshlar va talabalarga koʻrsatilmoqda. Yordamga eng muhtoj kishilarga Rossiyaning turli shaharlarida xostelda turish uchun sharoitlar yaratilgan.

Koronavirus pandemiyasi - bu butun dunyoga kelgan ofatdir. Lekin ushbu murakkab sharoitda alohida kishilar fuqarolarning soddaligidan foydalanib, oʻz vatandoshlarini aldash yoʻli bilan pul ishlab topmoqda. Bu birinchi navbatda yolgʻon xabarlar tarqatib, chegaragacha transfer tashkil qilganlarga taaluqli. Ular jazo muqarrar ekanligini bilishlari kerak. Oʻzbekiston Jinoyat kodeksida taaluqli modda bor.

Xususan, OAV va Internetda yolgʻon xabarlar tarqatgani uchun BHMning 200 baravaridan 400 baravarigacha (4,6 - 9,2 tыs. $) yoki 360 soat jamoat ishlari belgilangan. Shunigdek alohida hollarda 2 yildan 3 yilgacha majburiy mehnat yoki ozodlikni cheklash bilan ham jazolanishi mumkin.

Rossiya qonunchiligida ham ogʻiroqibatlarga olib kelgan yolgʻon xabarlar tarqatgani uchun 300 mingdan 2 million rublgacha jarimaga tortish yoki 5 yilgacha qamoq jazosi berilishi mumkin.

Asosiy mavzular