Amur viloyatidagi mojaro hal qilindi - ishchilarga qo‘shimcha maosh to‘lanadi

CC0 / pxhere.com / Stroitelnie kaski
Stroitelnie kaski - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Amur Gazni qayta ishlash zavodi qurilishida Turkiyalik pudratchi va o‘zbekistonlik quruvchilar orasida sodir bo‘lgan moliyaviy mojaro hal qilindi, 15-iyul kuni ishchilar qo‘shimcha to‘lov oladi.

TOShKENT, 15-iyul – Sputnik. Amur Gazni qayta ishlash zavodi qurilishidagi turkiyalik pudratchi korxona va o‘zbekistonlik ishchilar orasidagi mojaro hal qilindi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti.

Xabarda aytilishiga ko‘ra, muzokaralar viloyat gubernatori Vasiliy Orlov hamda huquqni saqlash organlari ishtirokida bo‘lib o‘tgan.

“Olib borilgan dastlabki tekshiruv davomida ishchilarga bir necha oy davomida maosh ushlab qolingani tasdiqlanmadi. Xodimlarga mehnat shartnomalariga muvofiq maosh to‘langan. Patent to‘lovlari (mojaroga sabab bo‘lgan) 15-iyul kuni to‘liq qaytariladi. Undan tashqari uzoq vaqt davomida – 6 oydan ko‘p, vaxta tartibida ishlagan ishchilarga qo‘shimcha to‘lov masalasi ko‘rib chiqilmoqda”, - deyilgan rasmiy xabarda.

Eslatib o‘tamiz, Amur Gazni qayta ishlash zavodi qurilishi pudratchilaridan biri bo‘lgan Turkiyaning Renaissanse Heavy Industries kompaniyasining 300ga yaqin ishchilari 13-iyul kuni olgan maoshlaridan norozi bo‘lib, norozilik namoyish qilgan edilar. Ular qurilish hududidagi avtomobillarni ag‘darib tashlagan va pudrachi ofisini vayron qilishgan edi.

Stroitelstvo Amurskogo gazopererabativayushego zavoda - Sputnik O‘zbekiston
Amur viloyatida ishchilar maoshidan 14 million ushlab qolingani aniqlandi

Shundan so‘ng voqea joyiga viloyat prokuraturasi va boshqa huquqni saqlash tashkilotlari yetib kelgan va tekshiruv o‘tkazishni boshlagan edi.

Rossiyadagi O‘zbekiston elchixonasi am vaziyatni nazorat ostiga olgan. Bosh konsul O‘zbekiston fuqarolarining huquqlarini himoya qilish maqsadida voqea joyiga yetib borgan.

Ma’lumot uchun Amur Gazni qayta ishlash zavodi, Rossiyaning eng yirik zavodlaridan biri bo‘ladi. Unga kiritilayotgan sarmoya hajmi 19 millard dollar. Korxona bir necha xil gaz, jumladan geliy hamda polietilen va boshqa qo‘shimcha mahsulotlar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan bo‘ladi. 

Yangiliklar lentasi
0