20:01 22 Sentyabr 2020
Efir
  • RUB136.28
  • EUR12210.60
  • USD10315.62
Migratsiya
Havola olish
62110

Davlat dumasi 2021 yil 1 yanvardan boshlab chet elliklar uchun Rossiyaga kirishda yagona elektron vizani kiritish toʻgʻrisida qonunni qabul qildi.

TOSHKENT, 21 iyul — Sputnik.  Davlat dumasi 2021 yil 1 yanvardan boshlab chet elliklar uchun Rossiyaga kirishda yagona elektron vizani kiritish toʻgʻrisida qonunni qabul qildi.

Hujjat Davlat dumasi elektron bazasiga joylashtirildi.

Yagona viza bir martalik hujjat hisoblanadi. Viza roʻyxatga olingan kundan boshlab 60 kunga mamlakatga kelgan kundan boshlab 16 kundan ortiq boʻlmagan muddatga beriladi. Yagona elektron vizani hujjat taqdim etilgan kundan boshlab toʻrt kalendar kunda rasmiylashtiriladi.

Elektron viza qisqa muddatli mehmon yoki ish safari, turist sifatida tashrif buyurish, shuningdek ilmiy, madaniy, ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy, sport tadbirlarida ishtirok etish uchun beriladi.

Qonun Federatsiya Kengashida koʻrib chiqilishi va Rossiya prezidenti tomonidan imzolanishi kutilmoqda.

Asosiy mavzular