14:34 26 Sentyabr 2020
Efir
  • RUB136.28
  • EUR12210.60
  • USD10315.62
Migratsiya
Havola olish
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (1163)
267 0 0

Samara viloyatidagi chegara yaqinida tashkil etilgan lagerda 676 nafar Oʻzbekiston fuqarolari qolmoqda. Ayni vaqtda fuqarolarni vatanga olib kelish masalasi hal qilinmoqda.

TOSHKENT, 23 iyul — Sputnik. Migrantlar Rossiya Samara viloyatida chegara yaqinida tashkil etilgan lagerga kelishni davom etmoqda.

Oʻtgan hafta Oʻzbekiston va Tojikiston fuqarolari olib ketilganidan keyin, chegarada 793 kishi qolmoqda, deb xabar beradi Samara viloyati inson huquqlari boʻyicha vakilining matbuot xizmati.

Taʼkidlanishicha, chegarada asosan 676 nafar Oʻzbekiston fuqarolari, 117 nafar Tojikiston fuqarolari toʻplandi. Ular orasida 16 nafar ayol va 3 nafar bola.   

Viloyat ombudsmanining matbuot xizmatida berilgan maʼlumotga koʻra, odamlarni oʻz vatanlariga yuborish masalasi yaqin kunlarda hal qilinadi.

Eslatib oʻtamiz, Rossiyadagi Oʻzbekiston fuqarolari Qozogʻiston hududi orqali vatanga qaytishlari mumkinligi haqidagi yolgʻon xabarga ishonib, rus-qozoq chegarasida toʻplanib qolgan edi. Elchixona Rossiya hududidagi vatandoshlardan turli yolgʻon xabarlar va mish-mishlarga ishonmaslik, Rossiya-Qozogʻiston davlatlararo chegara punktlariga borishga urinmaslik, hozirgi yashash joylarida qolib, karantin choralariga qatʼiy rioya qilishlarini soʻragan edi.

Transport vazirligi 16 iyulda Samara va Orenburg viloyatlaridan Oʻzbekiston fuqarolari temir yoʻli orqali vatanga qaytarilishini maʼlum qilgandi. Ikkita yoʻlovchi poyezd 1404 nafar yoʻlovchi bilan Kinel (Samara viloyati) bekatidan va yana biri 702 nafar yoʻlovchi bilan Buzuluk (Orenburg) bekatidan yoʻlga chiqqandi. Fuqarolarni rus-qozoq chegarasidan olib ketish tomonlar kelishuviga binoan amalga oshirilmoqda.

Mavzu:
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (1163)

Asosiy mavzular