06:49 01 Oktyabr 2020
Efir
  • RUB132.07
  • EUR12003.57
  • USD10321.21
Migratsiya
Havola olish
160 0 0

Bundan tashqari, "Migratsiya huquqi" fanini alohida huquq sohasi sifatida oʻqitish bilan bogʻliq darslik tayyorlanadi.

TOSHKENT, 30 iyul - Sputnik. Bosh prokuratura Akademiyasi qator milliy hamkorlar bilan "Aholi migratsiyasida raqamli vizalar platformasini ishlab chiqish" nomli innovatsion loyiha taklifini ishlab chiqdi, deb xabar bermoqda Sputnik Oʻzbekiston muxbiri.

Bu haqda 30 iyul - Odam savdosiga qarshi kurashish umumjahon kuniga bagʻishlab, "COVID-19 pandemiyasi sharoitida Odam savdosiga qarshi kurashish" mavzusida onlayn xalqaro davra suhbati davomida maʼlum qilindi.

 

Oʻzbekiston uchun noqonuniy mehnat migratsiyasi odam savdosi jinoyatining keltirib chiqaruvchi asosiy omillardan biri hisoblanadi. Shuning uchun bu borada ilmiy tadqiqotlarni amalga oshirish muhim ahamiyat kasb etishi taʼkidlandi.

Bosh prokuratura Akademiyasi qator milliy hamkorlar bilan "Aholi migratsiyasida raqamli vizalar platformasini ishlab chiqish" nomli innovatsion loyiha taklifini ishlab chiqdi.

Uning doirasida xorijda ishga joylashish imkoniyatlari, chet el davlatlari migratsion qonunchiligi, deportatsiya qilinganlik boʻyicha taqiqlar va xorijga chiqish yuzasidan qoʻyilgan cheklovlar holati toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni mujassam etgan yagona "MUSOFIR" nomli raqamli platforma yaratish koʻzda tutilgan.

Bundan tashqari, mehnat migrantlari va oila aʼzolarining huquqlarini himoya qilishga qaratilgan ilgʻor xalqaro va xorij standartlari va tajribalari oʻrganiladi va "Migratsiya huquqi" fanini alohida huquq sohasi sifatida oʻqitish bilan bogʻliq darslik tayyorlanadi.

Shuningdek, Rossiya Federatsiyasi prokuratura universiteti bilan hamkorlikda "Oʻzbekiston va Rossiyada odam savdosiga qarshi kurashish" mavzusiga oid qoʻshma tahliliy maʼlumotdan iborat qoʻllanma tayyorlash rejalashtirilmoqda.

Asosiy mavzular