Rossiyaga 144 nafar o‘zbekistonlik ishlash uchun uchib ketdi

© Sputnik / Artem Jitenev / Mediabankka o‘tishPassajir v zale ojidaniya
Passajir v zale ojidaniya - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston fuqarolari 14 kunlik karantindan so‘ng belgilangan epidemiologik talablar va karantin cheklovlariga rioya qilgan holda qurilish obyektlarida ish boshlashlari xabar qilinmoqda.

TOShKENT, 31-iyul - Sputnik. Rossiyaga 144 nafar o‘zbekistonlik ishlash uchun uchib ketdi, deb xabar bermoqda Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi.

Denejnie kupuri i moneti raznix stran - Sputnik O‘zbekiston
Sabr tagi - sariq oltin: migrantlarning Rossiyadan pul o‘tkazmalari keskin ko‘tarildi

"...rossiyalik ish beruvchilar va mas’ul tashkilotlar bilan kelishgan holda bugun 144 nafar yurtdoshlarimiz Rossiyaning Amur viloyatidagi gazni qayta ishlash zavodi qurilishida ishlash uchun charter reys orqali uchib ketdi", - deyiladi agentlik matbuot-xizmati xabarida.

Ta’kidlanishicha, Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi tomonidan xorijiy mamlakatlardagi mehnat migrantlarining mavjud ish o‘rinlarini saqlab qolish, vaqtincha ishsiz qolgan yurtdoshlarimizni ular bo‘lib turgan mamlakatlarning pandemiyadan nisbatan kamroq zarar ko‘rgan boshqa soha va hududlariga ishga jalb qilish va karantin cheklovlari sababli chet elga ishga ketolmagan fuqarolarni xorijga ishga jalb qilish bo‘yicha qator amaliy choralar ko‘rilmoqda.

Sal oldin, iyun oyida 33 nafar o‘zbekistonlik yirik qurilish obyektlarida ishlash uchun Qozog‘istonning Sharqiy Qozog‘iston viloyatiga tashkillashtirilgan holda jo‘nab ketgan edi.

O‘zbekiston fuqarolari 14 kunlik karantindan so‘ng belgilangan epidemiologik talablar va karantin cheklovlariga rioya qilgan holda qurilish obyektlarida ish boshlashlari xabar qilinmoqda.

Yangiliklar lentasi
0