Rossiyaning Amur viloyatiga jo‘nab ketgan O‘zbekiston fuqarolari bo‘yicha qo‘shimcha izoh berildi

© Sputnik / Kirill Kallinikov / Mediabankka o‘tishInostrannie grajdane poluchayut trudovoy patent v Yedinom migratsionnom sentre Moskovskoy oblasti.
Inostrannie grajdane poluchayut trudovoy patent v Yedinom migratsionnom sentre Moskovskoy oblasti. - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Kuni kecha Amur viloyatiga jo‘nab ketgan mehnat migrantlarining faoliyati doimiy monitoring qilib boriladi. Ish beruvchi tashkilotning esa 13-iyul kuni o‘zbekistonlik mehnat migrantlari ishtirokida tartibsizliklar yuz bergan tashkilotga aloqasi yo‘q.

TOShKENT, 1 avg - Sputnik. Kuni kecha, 31-iyul kuni, 144 nafar O‘zbekiston fuqarolarining RFning Amur viloyatidagi gazni qayta ishlash zavodi qurilishida ishlash uchun charter reys orqali uchib ketishgani ijtimoiy tarmoqlarda bahs-munozaralarga sabab bo‘ldi. Internet foydalanuvchilarining aksariyati ushbu fuqarolar o‘zbekistonlik mehnat migrantlari ishtirokida iyul oyida tartibsizliklar yuz bergan tashkilotga jo‘natilgani haqida izohlar qoldirishgan.

Genkonsul Mexriddin Xayriddinov posetil Amurskuyu oblast dlya uregulirovaniya insindenta s uchastiyem grajdan Uzbekistana - Sputnik O‘zbekiston
Amur viloyatidagi muammoning yechimi topildi - elchixona

Ma’lumot uchun, 2020 yilning 13-iyul kuni Rossiya Federatsiyasi Amur viloyati Svobodniy tumanidagi "Renaissance Heavy Industries" kompaniyasiga tegishli vaqtinchalik vaxta shaharchasida O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari ishtirokida ommaviy tartibsizliklar yuz bergan edi.

OAV xabarlarida aytilishiga ko‘ra, ish haqi to‘lanmaganligi tufayli kelib chiqqan mojaro oqibatida 300ga yaqin ishchilar korxonaga tegishli bo‘lgan bir necha avtomobillarni ag‘darib tashlagan. 

 

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi axborot xizmati e’lon qilgan bayonotga ko‘ra, O‘zbekistonning qator mas’ul tashkilotlari sa’y-harakatlari bilan erishilgan kelishuvga muvofiq "labor migration" dasturiy majmuasida ro‘yxatdan o‘tgan fuqarolar Amur viloyatidagi gazni qayta ishlash zavodi qurilishida ishlash uchun jo‘natilgan. Ularning Rossiyada ishlashi doimiy monitoring qilib boriladi. Ish beruvchi tashkilotning esa 13-iyul kuni o‘zbekistonlik mehnat migrantlari ishtirokida tartibsizliklar yuz bergan tashkilotga aloqasi yo‘q.

Stroitelstvo Amurskogo gazopererabativayushego zavoda - Sputnik O‘zbekiston
Amur viloyatida ishchilar maoshidan 14 million ushlab qolingani aniqlandi

Shuningdek, Amur viloyati Svobodniy tumanidagi "Renaissance Heavy Industries" kompaniyasiga tegishli vaqtinchalik vaxta shaharchasida O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari ishtirokida yuz bergan hodisa O‘zbekistonning Rossiyadagi elchixonasi tomonidan nazoratga olgani, mazkur masala bo‘yicha Rossiya Federatsiyasi Ichki ishlar vazirligi va boshqa vakolatli organlari bilan muloqot boshlangani ma’lum qilingan edi.

"31 iyul kuni jo‘nab ketgan 144 nafar hamurtlarimizning O‘zbekistondan samolyotda uchib borish, yashash, patent va boshqa xarajatlari ish beruvchi tomonidan to‘lab berilishi, shuningdek, ularning oylik ish haqi o‘rtacha 40 - 60 ming rublni tashkil etishi belgilangan", - deyiladi bayonotda.

Shu o‘rinda agentlik ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilaridan turli asossiz ma’lumotlarni tarqatmasliklarini, ishonchsiz axborotlar bilan odamlarni chalg‘itmasliklarini so‘rab qolgan.

 

Yangiliklar lentasi
0