16:00 27 Sentyabr 2020
Efir
  • RUB136.28
  • EUR12210.60
  • USD10315.62
Migratsiya
Havola olish
582 0 0

Rossiyada mehnat migrantlariga mamlakatga kirish huquqini berish tartibini oʻzgartirish taklif qilinmoqda.

TOSHKENT, 4 avg — Sputnik. Ekspertlar uyushmasi Rossiyada migrantlarga ishlash huquqini berish jarayonini murakkablashtirish imkoniyatini muhokama qilmoqda, masalan, migrantlarning mamlakatga kirish tartibini oʻzgartirish. Bu haqda Rossiya Xavfsizlik kengashi raisi oʻrinbosari Dmitriy Medvedev maʼlum qildi.

“Bu mavzuda ekspertlar faol ish olib bormoqda, hatto mehnat migrantlariga Rossiyaga kirish huquqini berish tartibini oʻzgartirish taklif qilinmoqda”, - dedi u. Uning soʻzlaridan RIA Novosti iqtibos keltirgan.

Medvedevning soʻzlariga koʻra, gap chet ellikka, agar ish beruvchidan aniq uni ishga joylash toʻgʻrisida maʼlumot olingan taqdirda, Rossiyaga kirishga ruxsat berish haqida bormoqda.

Rossiya Xavfsizlik kengashi raisi oʻrinbosari ishga yollangan xorijlikning xatti-harakati uchun javobgarlikni ish beruvchining zimmasiga yuklash imkoniyatini koʻrish chiqish mumkinligini qoʻshimcha qildi.

“Bu qatʼiy chora, biroq uni muhokama qilish lozim”, - deya xulosa qildi Medvedev.

Asosiy mavzular